Eng kutilayotgan bestseller – Galaxy M40’ning barcha xususiyatlari e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  2185
  •  06.06.2019 12:11

Eng kutilayotgan bestseller – Galaxy M40’ning barcha xususiyatlari e’lon qilindi!

Janubiy koreyalik kompaniya Galaxy M40 smartfonining namoyish kunini rasman aytgan, shuningdek, bu qurilma Geekbench’da imtihon topshirib ham ko‘rsatgan. Hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) esa Twitter’da uning barcha texnik jihatlarini oshkor etdi.

O‘QING: Galaxy M40: «ideal smartfon» kutilganidan arzon ekan – yangi jihatlari bilan tanishamiz!

Shunday qilib, Galaxy M40 flagmanchasiga – Super AMOLED ekranga ega bo‘lib, uning diagonali 6,3 dyuymga teng, tasvir aniqligi esa 2340x1080 piksellik.

Lekin qizig‘i shundaki, displey smartfon old yuzasining 85 foizdan salgina ortiqroq qismini egallaydi. Demak, ekranning yon tomonlaridagi romlari kutilganidan qalinroq bo‘ladi.

Smartfonning apparat ta’minoti asosini Qualcomm Snapdragon 675 protsessori egallaydi. Uning tezkor xotirasi LPDDR4X turiga mansub bo‘lib, hajmi 6 gigabaytga teng. Doimiy xotirasi 128 gigabaytlik, yana microSD formatidagi xotira kartasi uchun uyacha ham mavjud. Qurilma Android 9.0 Pie boshqaruvi ostida ishlaydi.

Galaxy M40 bosh kamerasi uch modulli, ularning asosiy datchigi 32 megapiksellik aniqlikka ega. Ikkinchi moduli esa 5 megapiksellik sensor hamda F/2,2 diafragmali ob’yektivga ega. 8 megapiksellik datchikka ega bo‘lgan uchinchi modulida F/2,2 diafragmali va ko‘rish burchagi 123 darajali ob’yektiv qollangan. Mazkur kamera soniyasiga 30 kadr chastotasida 4K-video yozishga qodir, lekin optik barqarorlashtirish tizimi yo‘q.

Smartfonning old kamerasiga esa 16 megapiksellik datchik o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy M40 kuchli – 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishi kutilayotgan edi, ammo afsuski, uning batareya sig‘imi 3500 mA/soatlik ekan.

Biroq uning korpusida turli datchiklarning to‘liq to‘plami, USB-C porti va quloqchin uchun standart 3,5 millimetrlik tirqish mavjud.

Xullasi kalom, Samsung Galaxy M40 modelining narxidan boshqa barcha jihatlari aniq bo‘ldi. Unisiga ham yaqin orada oydinlik kiritamiz – bizni kuzatishda davom eting. Darvoqe, yaqinda chiqqan xabarga ko‘ra, Samsung Galaxy M40 bilan birga 100 dollarlik Galaxy A10s (yoki Galaxy A10e) ham namoyish etiladi. Ushbu kompaniyaning allaqachon global savdoga chiqqan ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: TOP-10: Antutu’ga ko‘ra mahalliy bozordagi eng kuchli Android-smartfonlar (2019 yil iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!