Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

  •   DiMaX
  •  969
  •  20.05.2021 09:05

Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Xavfsiz bulutli saqlash servisi – pCloud mutaxassislari turli mobil ilovalarni o‘rganib chiqishdi. Ularning orasidan smartfon resurslarini eng ko‘p sarflaydigan 50 ta ilova ro‘yxati tuzildi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Akkumulyator quvvatini eng ko‘p sarflovchi 20 ilova

Dastlabki tadqiqotda so‘raluvchi ruxsatlar soni, «qora mavzu» (qora fon) bor-yo‘qligi va energiya sarfi hisobga olindi.

Kompaniya saytida joylashtirilgan ma’lumotga ko‘ra, smartfon akkumulyatori quvvatini eng ko‘p sarflovchi ilovalar beshligiga Fitbit, Verizon, Uber, Skype hamda Facebook kiritilgan. Bu ro‘yxatda Instagram – 8, WhatsApp – 12, Zoom – 13, YouTube – 14, Telegram – 17-o‘rinda.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Smartfon xotirasini eng ko‘p egallovchi 30 ilova

Ikkinchi tadqiqotda qaysi mobil soft smartfon xotirasida eng ko‘p joyni band etishi aniqlandi.

Bu borada yetakchilar: United Airlines (437,8 MB), Lyft (325,1 MB) va Uber (299,6 MB). Shuningdek, Fitbit va Facebook ham beshlikda. YouTube – 9, TikTok – 11, Instagram – 25-o‘rinda.

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Umumiy reyting

Xo‘sh, bu ro‘yxatda sizga sevimli ilovalar ham bor-a?

O‘QING: Smartfondan zudlik bilan o‘chirish kerak bo‘lgan ilovalar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!