Eng ommabop 10 smartfon (38-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (38-hafta)

Ortda qolgan haftada Apple to‘rtta yangi qurilmasini taqdim qildi. Ular ikkita soat, planshet va fintess xizmati edi. Bulardan faqat bittasi bizning ro‘yxatimizdan joy egallashga erishdi.

Apple iPhone 12 Pro Max do‘kon rastalaridan joy olishiga hali ikki oycha vaqt bor. Biroq shunga qaramay, texnoishqibozlar qurilmaga ancha qiziqayotgan ko‘rinadi. Smartfon bu galgi reytingimizda o‘tgan galgi o‘ninchi o‘rnidan birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Xiaomi Poco X3 NFC ikkinchilikka tushib qolgan bo‘lsa, iPad Air top uchlikka yakun yasab berdi. Planshetning uchinchi o‘rinni egallashi hayratlanarli natija. Bizningcha, ko‘pchilik Apple A14 chipida ishlaydigan ilk planshetni sinab ko‘rishga qiziqmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda Samsung Galaxy M51 turgan bo‘lsa, beshinchilikni realme 7 Pro band qildi.

Oltinchi va yettinchi o‘rinlar esa mos ravishda Redmi Note 9 Pro (tavsifini o‘qing) va Redmi 9'ga nasib qildi.

Samsung'ning yana bir qurilmasi — Galaxy A51 (tavsifini o‘qing) sakkizinchilikni band qilgan bo‘lsa, bugun taqdim qilingan realme C17 to‘qqizinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi.

So‘nggi o‘rin esa yaqinda namoyish qilingan Sony Xperia 5 II'ga tegdi.

Bu gal Poco M2, Xiaomi Mi 10 Ultra va Motorola Moto G9 Plus'lar bizning ro‘yxatdan joy olmadi.

Shunday qilib, ortda qolgan o‘ttiz sakkizinchi haftadagi reytingimiz Xiaomi'ning 3 ta, Apple'ning 2 ta, Samsung'ning 2 ta, realme'ning 2 ta va Sony'ning 1 ta qurilmasidan iborat bo‘ldi.

Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 10
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Apple iPad Air (2020)
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy M51
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
realme 7 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Redmi Note 9
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
realme C17
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Sony Xperia 5 II
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (37-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!