Eng ommabop 10 smartfon (50-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (50-hafta)

Sizdirilgan bir qancha ma’lumotlar bizning ommabop smartfonlar chartimizda keskin burilish yasadi.

Samsung Galaxy S21+ smartfoni birinchi o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘ona Oppo Reno5 Pro+ ga nasib qildi.

Top uchlikka Redmi Note 9 Pro 5G yakun yasagan bo‘lsa, bir necha hafta birinchilikni band qilib kelgan Poco M3 to‘rtinchi pog‘onaga tushib qoldi.

Mish-mishlari tarqalayotgan Galaxy A52 hamda Galaxy S21 smartfonlari keyingi o‘rinlarni band etgan bo‘lsa, Apple iPhone 12 Pro Max yettinchilikka tushib ketdi.

Sakkizinchida Redmi Note 9 Pro, to‘qqizinchida esa Galaxy A51. Eng so‘nggi o‘rin Poco X3 NFC'ga nasib etdi.

Shunday qilib, o‘tgan haftadagi Galaxy A21s, Galaxy A71, Infinix Zero 8i va Xiaomi Mi 10T Pro'lar bilan xayrlashdik.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ellikinchi haftadagi top smartfonlar reytingimiz Xiaomi'ning 4 ta, Samsung'ning 4 ta, Oppo'ning 1 ta va Apple'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Samsung Galaxy S21+ 5G
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Oppo Reno5 Pro+ 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco M3
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Samsung Galaxy S21 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Apple iPhone 12 Pro Max
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Xiaomi Redmi Note 9 Pro
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco X3 NFC
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Barcha tasvir va renderlar GSMArena saytidan olingan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (49-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.