Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

  •   DiMaX
  •  6279
  •  22.04.2020 17:01

Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

«Shohona jang» janridagi Fortnite o‘yini Android-qurilmalar uchun 2018 yiliyoq taqdim etilgan, ammo boshida faqat Samsung gadjetlari uchun chiqqan – uni Galaxy Store’dan o‘rnatib olishlari mumkin edi. Keyinroq esa «yashil robotchali» devayslarga uni ishlab chiqqan Epic Games rasmiy sayti orqali ham tarqatishgan.

O‘QING: Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan

Epic Games ushbu o‘yinini shu paytgacha Google Play rasmiy ilovalar katalogiga joylamasdan kelayotgan edi. Sababi – ishlab chiquvchi bunda Google’ga 30 foizlik komissiya haqi to‘lashi kerak. Shu boisdan geymerlar Fortnite’ni boshqa manbalardan o‘rnatib olib o‘ynab kelishayotgan edi.

Fortnite loyihasining Twitter-akkauntida ma’lum qilinishicha, nihoyat, bu o‘yinni Google Play do‘koniga ham chiqarishibdi. Android tizimli qurilmalarga endi uni ushbu havola orqali rasman o‘rnatib olish mumkin.

Manbalarga ko‘ra, Epic Games studiyasini shunday yo‘l tutishga turli usullar orqali Google majbur qilgan. Ya’ni, Android tizimining o‘zi Google Play’dan olinmagan ilova va o‘yinlarda muammolar keltirib chiqara boshlagan. Google Play Protect himoya tizimi esa chetdan o‘rnatilgan dasturlarni bloklay boshlagan. Fortnite auditoriyasidan ayrilib qolmaslik uchun, o‘yinsozlar noiloj uni rasmiy katalogga ham chiqarishgan.

O‘QING: Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!