Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

  •   DiMaX
  •  1900
  •  31.07.2018 14:50

Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

Huawei kompaniyasi joriy yilning oktyabrida Mate 20 Pro smartfonini taqdim etishni rejalashtirgan. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aslo romsiz displeyga ega betakror dizayni bo‘lishi kutilayotir.

O‘QING: «Jonli» foto: Huawei Mate 20 kamida to‘rtta kamerali bo‘ladi!

Kechagina bir insayder taqdim etgan «jonli» rasmda, uning ta’kidlashicha, ayni shu Huawei Mate 20 Pro aks etgan. Unda birinchi ko‘zga tashlanadigan jihat – ekran atrofida hoshiyalarning o‘ta yupqa ekanligidir.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu modelning yana bitta «fishka»si esa old kamera tirqishi yo‘qligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqmoqdaki, Mate 20 Pro ham korpusning ichidan – uning yuqori qirrasidan chiquvchi selfi-kameraga ega bo‘ladi. Ayni shunday yechimni ilk bor Vivo kompaniyasi NEX smartfonida qo‘llagan; Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 flagmani ham shunaqa bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Vivo NEX kamerasining joni qattiq ekan. Balet raqqosasining sakrashini ham ko‘tardi

Aytish kerakki, Mate 20 Pro modelida GPU Turbo texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Kirin 980 protsessori qo‘llanadi. Uning tezkor xotirasi 8 gigabaytlik hajmga ega, barmoq izi skaneri esa displeyning o‘ziga integratsiya qilinadi.

Mate 20 Pro asosiy kamerasi uchta ob’yektivga ega bo‘lib, 42 megapiksellik suratlar ola bilishi ham aytilmoqda. Shuningdek, uning akkumulyatori 40 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlanadi. Agar shu ma’lumotlar tasdiqlansa, u holda Huawei flagmani Vivo Xiaomi’ning yuqorida keltirilgan modellarini ham «changida qoldirib» ketishi aniq.

Darvoqe, kuzatuvchilar Mate 20 Pro narxi 5000 yuan bo‘lishini aytishmoqda, bu esa taxminan 732 AQSh dollariga teng keladi.

O‘QING: Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!