Epic Games yana ikkita sarguzsht o‘yinni butunlay beryapti, tekin payti olib ulguring! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  3260
  •  17.04.2020 15:13

Epic Games yana ikkita sarguzsht o‘yinni butunlay beryapti, tekin payti olib ulguring! (+videolar)

Epic Games Store o‘tgan hafta Sherlock Holmes: Crimes and Punishments hamda Close to the Sun o‘yinlarini bepul tarqatgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinda zerikib qolmasligingiz uchun o‘yin do‘koni bu haftaning dam olish kunlarida yana ikkita sarguzasht o‘yinni bepul va butunlay olish imkonini bermoqda.

O‘QING: Gameloft yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

Bulardan birinchisi Just Cause 4 o‘yini bo‘lib, Riko Rodriges ismli agent haqidagi seriyaning so‘nggi qismidir. Bunda bosh qahramon Solis orol-davlatidagi «Qora qo‘l» nomli harbiy tashkilotga qarshi jangga otlanadi.

Just Cause 4 jangovar o‘yinini o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘yish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tasiz.

O‘QING: Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

Wheels of Aurelia nomli ikkinchi o‘yin esa kvest va vizual novella qorishuvi bo‘lib, undagi voqealar, Italiya hududida, 1978 yili bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramon – Lella ismli ayol Fransiya tomon yo‘lga chiqadi va turli yo‘lovchilar bilan hamrohlik davomida suhbatlar qurib ketadi...

Mazkur o‘yinni olish uchun hoziroq ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin. E’tibor bering: bu ikkala o‘yinning bepul tarqatilishi 23 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da tugaydi. Agar shu muddat ichida ularni olib qo‘ysangiz, keyin istalgan paytda bepul o‘ynayverasiz.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!