Yerdagi eng badavlat kishi bilan fazoga chipta narxi aniq bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  980
  •  14.06.2021 11:59

Yerdagi eng badavlat kishi bilan fazoga chipta narxi aniq bo‘ldi

Ilon Mask asos solgan SpaceX xususiy tashkilotining Crew Dragon kemasida amalga oshiriladigan ilk fazoviy sayohat ishtirokchilarining ismlari ma’lum. Ammo undan ham oldin Blue Origin kompaniyasi kimoshdi savdosi orqali kosmosga chipta sotayotgani haqida yozgan edik. Lekin yaqindagina...

O‘QING: Mask ham, Bezos ham «damini olaversin»: sayyoramizda eng boy kishi boshqasi bo‘ldi!

Blue Origin hamda Amazon kompaniyalari asoschisi va bosh ijrochi direktori, 57 yoshli Jeff Bezos ushbu chiptani begona qilmoqchi emas – tadbirkor 20 iyul kuni ukasi bilan birga koinotga uchishini e’lon qilgan edi. Ular bilan birga uchishni istaganlar uchun uchinchi chipta auksionga qo‘yilgan edi va endi uning narxi aniq bo‘ldi.

Ilk fazoviy sayyohlik chiptasi uchun auksionda 159 ta mamlakatdan jami 7,6 ming kishi qatnashgan. TechCrunch nashrining yozishicha, kimoshdi savdosidagi yakunlovchi stavka qilinib, tadbir yakunlangan. Unga ko‘ra, fazoga chiptaning yakuniy narxi 28 million dollarga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Blue Origin kompaniyasining fazo kemasi ushbu parvozda Yer yuzasidan 100 kilometr yuqorida uchadi. Shu tariqa, birinchi kosmik sayyoh suborbital makongacha chiqib keladi. SpaceX esa birinchi fazoviy sayohatchilarni Xalqaro kosmik stansiyagacha olib bormoqchi, keyinroq esa Mars sayyorasiga ham uchishni rejalashtirgan. Ilon Mask yaqinda bir intervyusida, Marsga uchadigan ilk fazogirlarning mash’um taqdirini prognoz qilgan. Uning o‘zi bo‘lsa...

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!