Ertaga taqdim etilayotgan Meizu 16s flagmanini Xitoydagidan ham arzon olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1407
  •  22.04.2019 13:20

Ertaga taqdim etilayotgan Meizu 16s flagmanini Xitoydagidan ham arzon olish mumkin!

Meizu kompaniyasining navbatdagi smartfoni avvalroq Geekbench servisida Galaxy S10+ modeli bilan kuch sinashgandi. Keyinroq uning AnTuTu servisidagi yangi sinov natijasi barchani hayratga soldi.

O‘QING: AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

Insayderlar kuni kecha Meizu 16s flagmanining qadog‘i aks etgan «jonli» rasmni tarqatishdi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur flagman ushbu kompaniyaning NFC modulli ilk smartfoni bo‘ladi.

Meizu 16s eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 855 protsessoriga, 8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega. Shuningdek, uning 6/128 gigabaytlik xotiraga ega talqini ham bo‘ladi.

O‘QING: Hamyonbop Meizu Note 9 taqdim etildi – Redmi Note 7 Pro raqibi kutilganidan boshqacha ekan!

23 aprelda taqdim etilgach, Meizu 16s flagmanining 6/128 gigabaytlik talqini o‘z yurtida 3499 yuan, ya’ni taxminan 536 AQSh dollariga teng narxda savdoga chiqishi aytilgan. Rozetked nashri esa mazkur smartfonning rasmiy press-renderini e’lon qildi:

Unga ko‘ra, Rossiyada bu smartfon 33 990 rubl narxida sotilar ekan, bu esa taxminan 532 AQSh dollariga teng, ya’ni hatto Xitoydagisidan ham arzon, deganidir!

Eslatib o‘tamiz, Meizu kompaniyasining turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini atigi 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!