Yetib keldik: Xiaomi kabi, endi Samsung ham smartfonlarini reklamaga to‘ldirib tashlaydi

  •   DiMaX
  •  1888
  •  04.10.2019 12:03

Yetib keldik: Xiaomi kabi, endi Samsung ham smartfonlarini reklamaga to‘ldirib tashlaydi

«Xitoycha Apple» smartfonlarini ishlatayotganlar yaxshi bilishadi – ularda o‘tgan yilning kuzida birdaniga reklama chiqishi ko‘payib ketgandi. Kompaniya o‘z proshivkasining yangi – MIUI 11 versiyasida ularni kamaytirishga va’da bergan.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Endi esa Samsung o‘z smartfonlarida ushbu usulni qo‘llamoqchi – ularning proshivkasiga reklama qo‘shmoqchi. Kompaniya kuni kecha Yevropa ittifoii intellektual mulk byurosi (EUIPO, European Union Intellectual Property Office)da yangi – Samsung Mobile Ads savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Xalqaro tashkilotga ariza ko‘pincha Samsung nomidan ish yurituvchi Milan shahridagi Perani & Partners kompaniyasi tomonidan topshirilgan. Savdo belgisi 9 va 35-toifalarni qamrab oladi, buning tavsifi esa quyidagicha: «smartfonlar, planshet kompyuterlari, reklama servislari, mobil telefon tarmoqlari orqali reklama, reklama uchun dasturiy ta’minot, veb-saytlarda reklama ijarasi uchun dasturiy ta’minot».

LetsGoDigital resursiga ko‘ra, hozirda kompaniyaning faqat «aqlli» televizorlarida qo‘llanayotgan Samsung Ads dasturi yaqin orada kengaytiriladi. Endi foydalanuvchilar Samsung Galaxy smartfon va planshetlarida ham «qiziqishlariga mos reklama» ko‘radigan bo‘lishadi.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlarida jonga teguvchi reklamalardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.