Yevroittifoq rejasi: smartfonlar yagona portda quvvat olishi kerak

  •   Saroy
  •  927
  •  09.08.2018 09:58

Yevroittifoq rejasi: smartfonlar yagona portda quvvat olishi kerak

YeI muvofiqlashtirish organi mobil qurilmalarni quvvatlantirishni yagona portga o‘tkazish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Bu haqda o‘tgan dushanba kuni Reuters agentligi ma’lum qilgan.

«Ushbu reja amalga oshmasa (yagona port nazarda tutilyapti) Yevrokomissiya boshqa samarali chorani ko‘radi», — deydi mazkur organ vakillaridan biri.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevrokomissiya mana o‘n yildirki, mazkur chorani qabul qilishga chaqirib keladi. Bosim o‘tkazilavergach, 2009 yili 14 ta kompaniya jumladan,  Apple, Samsung, Huawei va Nokia yangi modeldagi qurilmalar uchun yagona zaryadlash qurilmasini joriy qilish haqida kelishuv hujjatini imzolagandi. Ammo ayrim kompaniyalar keyinchalik mazkur kelishuvdan chiqdi, deyiladi xabarda.

O‘QING:Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

Yagona toifadagi zaryadlash qurilmasiga o‘tish foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi, qolaversa elektron chiqindilar hajmini ham kamaytiradi. Xabarda ta’kidlanishicha, IPhone va Android foydalanuvchilari anchadan buyon gadjetlari uchun turli zaryadlash qurilmasini ishlatishidan shikoyat qilib keladi.

O‘QING:Hammasiga OS Android sabab: Yevrokomissiya Google’ga 5 milliard dollar jarima soldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!