Facebook Aquila internet droni loyihasini bekor qildi

  •   Saroy
  •  653
  •  28.06.2018 11:11

Facebook Aquila internet droni loyihasini bekor qildi

Facebook o‘zining Aquila internet dronini ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan edi. Endi esa, mazkur ijtimoiy tarmoq asosiy e’tiborni butun dunyoni tarmoqqa ulash texnologiyasiga qaratishga qaror qildi, dronni yaratish esa boshqa kompaniyaga topshiriladigan bo‘ldi.

2014 yilda ushbu loyihaga  qo‘l urilgandi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, o‘shanda osmonda uchib yuruvchi apparatni ixtiro qilishga kompaniyaning kichik bir guruh olimlari jalb qilingandi. Ular amalga oshirgan apparatlar esa Facebook maqsadlariga to‘g‘ri kelmadi, bunga  qator texnik va jo‘g‘rofiy cheklovlar sabab qilib ko‘rsatildi. Qayta-qayta urinishlar, xatolar natijasida mazkur ijtimoiy tarmoq mustaqil ravishda tizimning barcha asosiy elementlarini yaratdi va ma’lumotlarni millimetr diapazon to‘lqinida  uzatish tezligi bo‘yicha jahon rekordini ham o‘rnatdi. Dastavval bu  13 kilometrlik masofadagi ikki nuqta orasida 20 Gbit/s ni tashkil etdi, keyin ushbu natija 36 Gbit/s gacha yaxshilandi.

O‘QING: Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

Xo‘sh, Facebook  Aquila loyihasi ustida ishlashni nega to‘xtatdi?  Ma’lumki, hozirda shunga o‘xshash dronlarni yaratishga ilg‘or  aerokosmik kompaniyalar qiziqish bildirmoqda. Ular Facebook uchun ham bemalol dronlarni ishlab chiqara oladi. Jamoa esa bu vaqtda diqqat-e’tiborini internetni havo orqali tarqatish texnologiyasiga qaratadi, shuningdek bunday tizimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tartib-qoidalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shunday qilib, dronlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi markaz yopildi, natijada 16 kishining ish o‘rni qisqartirildi.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev dronlar ishlab chiqarishni joriy etishga chaqirdi

2017 yilning  avgust oyida Facebook  Airbus bilan hamkorlik qilishi haqida e’lon qilgandi, biroq o‘shanda kompaniya yangi apparat ishlab chiqarish borasida hech narsa demagandi. Yevropaning Airbus aviakonserni esa bir necha yildan buyon «qo‘yosh energiyasi» bilan parvoz qiluvchi uchuvchisiz Zephyr qurilmasini yaratish ustida izlanish olib boradi. Bu qurilma  21 kilometr  balandlikda stratosferaning pastki qatlamida parvoz qila oladi.

O‘QING: O‘zbekistonda o‘rmonchilik xo‘jaliklari dronlardan foydalanishi mumkin

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!