Facebook investorlari Mark Sukerbergni iste’foga chiqarmoqchi

  •   Saroy
  •  654
  •  27.06.2018 18:39

Facebook investorlari Mark Sukerbergni iste’foga chiqarmoqchi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga jami 3 mlrd dollarlik sarmoya kiritgan investorlar Mark Sukerbergni boshqaruv raisligidan bo‘shatmoqchi bo‘lishayapti. Ular ushbu vazifani boshqaruv rahbari va bosh direktorlik lavozimlariga bo‘lishni talab qilib chiqishdi.

Business Insider jurnalistlari ushbu ijtimoiy tarmoqning oltita aksioneri bilan suhbat  o‘tkazdi. Ularning har biri kompaniyani boshqarish  uslubidan qoniqmagan, qolaversa, bu  norozilik Facebook birjaga chiqqan 2012 yildan buyon eng yuqori cho‘qqisiga yetgan.

O‘QING: Facebook qanday josuslik qilayotgani haqida rasman hisobot berdi

So‘nggi bir necha oy davomida kompaniya seriyali janjallar girdobiga tushib qoldi, ularning orasida eng shov-shuvlisi  Cambridge Analytica va 87 million nafar tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlari torqalib ketgani bilan bog‘liq janjallardir. Kompaniyaning ushbu janjallarga bildirayotgan munosabati ham aksionerlarni qoniqtirmayapti. Investorlarning fikricha, bularning barchasiga kompaniya rahbariyatining noto‘g‘ri tuzulmasi sababdir.

 «Bizning boshqaruv tuzulmaga nisbatan bayonnomamiz bor, kompaniya go‘yo buni bartaraf etishga tayyor emasdek ko‘rinyapti, bu esa ko‘plab muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, masalan kompaniya nufuziga salbiy ta’sir etadi, regulyatorlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi  va boshqa shunga o‘xshash masalalarda», — dedi Nyu-York moliya inspektori, u  shahar nafaqa jamg‘armasi orqali Facebookning qariyb 900 million dollar qiymatidagi   aksiyalarini nazorat qiladi.

O‘QING: Facebook shaxsiy ma’lumotlaringizni 60 ta smartfonsozga berib kelayotgan ekan!

Facebook’da ikki toifadagi aksiya mavjud — A va B, shu bilan birga  B toifadagi aksiyalar A toifadagi aksiyalarga qaraganda bir necha  o‘n barobar ko‘p ovoz berish huquqini beradi. Mark Sukerberg ixtiyorida 75 foiz aksiya  B toifada, shu bois u ovozlarning yarmidan ko‘pini nazorat qiladi va istalgan qarorni mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin. Investorlar Sukerbergning boshqaruv raisligi lavozimini tark etishini va bu lavozimni mustaqil menejer egallashini talab qilmoqda. Aksiyalarga kelsak, ularni ikki toifaga bo‘lsh tizimidan voz kechish lozim, deydi aksionerlar.

Bu, Mark Sukerbergni kompaniyaning  mutloq hokimiyatidan chetlatishga bo‘lgan ikkinchi urinishdir. Chamasi, ushbu taklif o‘tgan yilgi aksionerlar yig‘ilishida kiritilgan, lekin hatto ko‘pchillik mustaqil investorlar ham qo‘llab quvvatlaganiga qaramay,  taklif avval boshda kutilganidek, rad etilgan. Komponiyadagilar investorlarning noroziligiga izoh berishdan bosh tortishdi.