Facebook Messenger xavfli virus tarqatmoqda: himoyalanish usullari

Facebook Messenger xavfli virus tarqatmoqda: himoyalanish usullari

Facebook orqali tarqaluvchi viruslar odatda kiber o‘g‘rilar tomonidan ishlab chiqariladigan zararli fayllar bo‘lib, ular foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xususan bank hisob raqami, kredit kartochka raqami haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun tayyorlangan bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunday viruslardan ehtiyot bo‘lishlari kerak bo‘ladi.

2017 yilning so‘nggi hamda 2018 yildan boshlab viruslar yangicha darajaga yetdi va Facebook Messenger orqali asosan "video_xxxx.zip" formatida tarqala boshladi. Bu ijtimoiy tarmoqdagi eng xavfli virus hisoblanadi.
Bunday video-tovlamachi virus foydalanuvchilar nomidagi Youtube videolarni tomosha qilishga taklif qiladi. Shuningdek, virus foydalanuvchidan “Adobe Flash Player” dasturini yangilashini ham so‘raydi. Unutmang, “flash player.dmg” fayli zararli virus. Bu virusni "Youtube Facebook" virusi deyiladi.

O‘qing: Facebook'dagi spam-viruslari: himoyalanish usullari va sabablari

Shubhasizki, "Facebook video" virusi ayni kunlarda Messenger orqali eng ko‘p tarqalayotgan virusdir. Sizga yuborilayotgan bunday zararli va shubhali nomdagi videolarni ocha ko‘rmang. Agar sizning nomingizdan bunday viruslar tarqalayotgan bo‘lsa, demak sizning profilingiz hakkerlar tomonidan buzib kirilgan. Facebook zararli fayllari soxta xabarlar va kontent tarqatadi.
Bunday hakkerlik hujumlariga uchragandan so‘ng foydalanuvchilarga Google Chrome brauzerini quyidagi yo‘l bilan yangilash taklif qilinadi: Chrome Settings > Advanced > Reset bo‘limini belgilang. Agar sizning do‘stlaringizdan tinimsiz virusli fayllar tarqaladigan bo‘lsa, bu ham ish bermasligi mumkin. Unda qurilmangizdagi Chrome dasturini qayta o‘rnating.

Agar sizning Facebook profilingiz hujumga uchragan bo‘lsa, sizning nomingizdan virus tarqalsa, zudlik bilan maxfiy kalit so‘zi (parol)ni almashtiring.

Va, quyidagi maslahatga amal qiling:

1. Facebook tarmog‘ini kompyuteringizda oching.
2. O‘ng tomon burchakdagi profil suratingiz yaqinidagi "Messages" (xatlar) belgisini bosing. Yoki chap tomondagi panelda mavjud Messenger bo‘limini oching.
Shunda sizga xabarlar yuborilgan doskaning yuqorisida mexanizm belgisini ko‘rasiz.

Bu belgini bosib "Message Requests" qismini tanlang.

Ana shunda sizning ixtiyoringizga Facebook spam deb baholagan xatlar taqdim qilinadi.

Siz bu yerdan spam-xabarlarni toping. Ularni o‘chirib tashlashingiz yoki virus sifatida belgilashingiz mumkin.

Mobil qurilmadagi Messenger ilovasi orqali ham spamlardan xalos bo‘lish mumkin. Buning uchun Messenger ilovasi pastki qismida "Odamlar" yorlig‘ini toping va bu yerdan "Message Requests" bo‘limini tanlang.

Odatda bu yerga spamlar yo‘naltirilgan bo‘ladi. Siz yuborilgan xatlarni qabul qilmaguningizga qadar uni jo‘natgan odam siz xatni ko‘rganligingizni bilmaydi.

Shu yerdagi "Filtered Requests" orqali spam-xabarlarni o‘chirib tashlashingiz ham mumkin.

Shu bilan birga quyidagi amalni ham bajaring: Settings > Account Settings > Security hamda Log in. Shundan so‘ng "disconnect all devices that are logged into their Facebook account"ni tanlab, Facebook tarmog‘iga sizning profilingizga kirilgan barcha qurilmalardan chiqib keting.

Shu bilan birga, kimdir sizni Facebook postidagi zararli video hamda fayllarga belgilagan bo‘lsa, buni bekor qiling (untag).

O‘qing: Xiaomi Mi 6X: barcha talqinlarni tomosha qilamiz!

Turli ilovalar sizni kimga o‘xshashingiz, qaysi uyda yashashingiz, kelajakda sizni nimalar kutayotganini "bashorat" qiladi. Evaziga esa, siz ularga g‘ayriixtiyoriy ravishda ma’lumotlaringizni bergan bo‘lasiz. Aynan mana shunday qizg‘in jarayondan so‘ng virusli hujumlar soni va to‘lqini yanada kuchliroq bo‘lib ortga qaytadi. Boisi, u aksiyalar boshida hakkerlar turgan bo‘ladi. Jahon internet tarmog‘ida noqonuniy faoliyat olib boradigan ma’lumotlar "qora bozori" mavjud. U yerda axborotlar egzabaytlab, ya’ni o‘ta yirik miqdordagi axborot hajmida o‘lchab sotiladi. Jumladan, ular orasida siz aksiyalarda ishtirok etish orqali taqdim qilgan ma’lumotlar ham bor. Demak, bunda aksiyalarda ishtirok etishdan tiyiling.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!