Facebook nihoyat Windows hamda macOS uchun Messenger taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  302
  •  03.04.2020 11:25

Facebook nihoyat Windows hamda macOS uchun Messenger taqdim etdi! (+video)

Messenger ilovasi shu paytgacha asosan Android hamda iOS tizimli mobil qurilmalarda hamda veb-versiyada qo‘llinilib kelardi. Facebook kompaniyasi endi Windows va macOS tizimlari uchun ham mazkur dasturni chiqardi.

O‘QING: Karantin davrida bu ilovalar bir yarim baravarga ommalashdi!

Messenjerning Windows hamda macOS-kliyentlari uning mobil yoki veb-versiyalaridan farq qilmaydi. Unda guruhli qo‘ng‘iroqlar, yangi xabarlar haqida bildirishnomalar mavjud, stikerlar va GIF-animatsiyalar ishlatish, chatlarni barcha qurilmalar orasida sinxronizatsiya qilish mumkin.

Shuningdek, bu Messenger ham to‘qrang interfeysli Dark Mode tungi rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompyuter yoki noutbuk operatsion tizimidagi interfeysni o‘zgartirganda messenjerda u avtomatik tarzda yoqiladi.

Facebook Messenger dasturini allaqachon Windows tizimli qurilmalar egalari Microsoft Store’dan ushbu havola orqali, macOS tizimli gadjetlar sohiblari esa App Store’dan mana bu havola yordamida o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.