Facebook sizni endi Instagram orqali ham kuzatadi!

  •   DiMaX
  •  443
  •  05.10.2018 16:36

Facebook sizni endi Instagram orqali ham kuzatadi!

Instagram servisining asoschilari Kevin Sistrom hamda Mayk Kriger yaqinda uning jamoasini tark etishgandi. Facebook kompaniyasiga qarashli mazkur servisga vitse-prezident etib Adam Mosseri tayinlangan.

O‘QING: Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

Rahbariyat almashganidan so‘ng Instagram servisiga Facebook ta’siri yaqqol sezila boshladi. Jumladan, insayderlar Facebook mobil kliyentining sozlamasidagi o‘zgarishni payqab qolishgan. Undagi yangi funksiya kompaniyaga foydalanuvchining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni «Facebook mahsulotlari, jumladan Instagram va Messenger orqali» kuzatishga imkon beradi. Smartfonda bu ilovalar fon rejimida yoki hatto yopiq bo‘lsa ham ushbu funksiya ishlab turadi!

Aytish kerakki, geoma’lumotlar jurnali yo‘naltirilgan reklama uchun ma’lumot to‘plashning qo‘shimcha manbasi hisoblanadi. Shuningdek, asosiy Facebook ilovasida bu funksiya o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, bepul Wi-Fi nuqtalarini izlash hamda «Yaqin atrofdagi do‘stlar» funksiyalari ham ishlamaydi.

O‘QING: Instagram’da boshqalarga «ko‘rinmasdan» kuzatish mumkin

Yangi opsiya ayni damda dastlabki sozlamalarga ko‘ra o‘chiq va foydalanuvchidan yashirin holatda. TechCrunch nashri so‘rov yuborganida, Instagram servisi mish-mishlarni inkor etmagan, ammo ayni damda bu ilova foydalanuvchining joylashuvlar tarixini saqlamasligini ta’kidlagan.

Xullasi kalom, Facebook kompaniyasi yo‘naltirilgan reklama uchun ma’lumot to‘plash maqsadida (balki boshqa niyatlari ham bordir) endi Instagram orqali ham foydalanuvchilarni kuzatishga o‘tayotir.

Aytish kerakki, 2014 yili Facebook kompaniyasi WhatsApp messenjerini ham sotib olgandi. O‘shanda u ijtimoiy tarmoq va WhatsApp akkauntlarini birlashtirib yubormaslikka va’da bergan, ammo bir necha yil o‘tib baribir ularni birlashtirib yuborgandi. Endi Instagram’ni ham shunga o‘xshash taqdir kutayotganini sezish qiyin emas.

O‘QING: Facebook kuzatuvini cheklaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!