Farzandingiz Google tanlovida ishtirok etishini istaysizmi?

Farzandingiz Google tanlovida ishtirok etishini istaysizmi?

Loyiha mualliflari - Technovation Challenge 2018 yirik xalqaro tanlov finaliga chiqqan jamoa rahbarlari bo‘lib, mazkur jamoa AQSh ning Kremniy vodiysida O‘zbekiston nomidan texnologik tanlovda ishtirok etgan. Olingan tajribani bo‘lishish maqsadida “Jons English academy” NTM yoshlarni xalqaro IT loyihalarga jalb qilib, ularni xalqaro texnologik tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlaydi.

Bugungi kungacha shu kabi yirik tanlovlar haqidagi ma’lumot mamlakatimizda deyarli tarqatilmasdi. Dasturda ishtirok etish uchun ishtirokchidan texnik ko‘nikmalar yoki maxsus ta’lim talab qilinmaydi. Unda 10-18 yoshdagi bolalar ishtirok etishi va 18 yoshga yetgan yoshlar murabbiy sifatida o‘z kuchini sinashlari mumkin. Ushbu dastur Google, Apple kabi yirik kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro texnologik loyihalarda ishtirok etish yo‘li bilan yosh avlodni STEM (S – science (tabiiy fanlar), T – technology (texnologiyalar), Ye-engineering (muhandislik), M-mathematics (matematika) ga jalb qilish uchun ishlab chiqilgan. Asosiy sovrinlar – pul mukofoti, Kremniy vodiysiga sayohat va loyihani xalqaro auditoriyaga namoyish etish.

Dastur ishtirokchilari quyidagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi:

Google Science Fair – 13-18 yoshli bolalar uchun Google kompaniyasining ilmiy loyihalar tanlovi. Unda bolalar jamiyatdagi biron muammoni ko‘tarib chiqib, uni texnologiyalar yordamida yechishga harakat qilishadi. G‘olib bo‘lgan jamoa 50 000$ miqdorida grant va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritishadi. 2018 yilda 20 xalqaro finalchilar Google ning bosh ofisiga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lishdi.

The Clean Tech Competition  yuqori sinf o‘quvchilari uchun tanlov, unda bolalar ekologik toza energiya manbalarini integratsiya qilgan holda ilmiy yondashuvlar yordamida real muammolarni yechishadi. Finalga chiqqan 6 ta jamoa 10 000$, 7000$, 5000$, 1000$ miqdorida pul yutuqlarini oladi. 2018 yilda tanlovda 39 mamlakatdan 1100 nafar bolalar, 550 jamoa ishtirok etdi.

Dasturda ro‘yxatdan o‘tish uchun shu manzilga kiring!

O‘QING: “IT-PLANETA 2018/19” XII halqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ruyxatdan o‘tkazish boshlandi!