FAX smartfonlarni Rossiyaning ilovalari bilan ta’minlashni talab qilmoqda

  •   Saroy
  •  1006
  •  28.07.2018 10:16

FAX smartfonlarni Rossiyaning ilovalari bilan ta’minlashni talab qilmoqda

Rossiya Federal antimonopol xizmati (FAX) hukumatga smartfon va kompyuter ishlab chiqaruvchilariga Rossiyaning ilovalarini o‘rnatishni majburlab qo‘yish taklifi bilan chiqdi.  

«Kommersant’» nashrining yozishicha, qonun 2019 yil aprelgacha tayyorlanishi kerak. Qonunchilik loyihasini ishlab chiqish  uchun Minkomsvyaz mas’ul bo‘ladi, unga  FAX va  Rospotrebnadzor hamkorlik qiladi.

O‘QING:Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

Qonun smartfonlar va kompyuterlarga brauzerlar, pochta, audiopleyerlar va boshqa ilovalarning milliy anologlarini o‘rnatishni  nazarda tutadi. Tashabbus FAX tomonidan 2018-2020 yillarda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” bilan yakuniy bosqichga chiqadi.

Bundan tashqari, FAX rahbariyatining fikricha, ishlab chiqaruvchilar xizmat ko‘rsatish ilovalardan tashqari, avval o‘rnatilgan barcha ilovalarni to‘liq o‘chirib tashlash imkoniyatini ham ta’minlashi lozim.

O‘QING:Hammasiga OS Android sabab: Yevrokomissiya Google’ga 5 milliard dollar jarima soldi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!