“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

2019-yil 21-oktyabrdan 23-oktyabrgacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi.

Bu yil IT-Park tomonidan o‘tkazilgan Unbound Tashken saralash bosqichi tufayli, tanlovda birinchi marta O‘zbekistonning Nodir Badriddinov boshchiligidagi “Mayasoft Ltd” (to‘lov kartalarining barcha turlaridan to‘lovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit tasma orqali qabul qilish imkonini beruvchi PoS mobil terminali) jamoasi ishtirok etdi.

O‘QING: AKT vaziri Alibaba bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

“Mayasoft Ltd” loyihasi nafaqat katta qiziqish bilan kutib olindi, balki “EMERGING MARKETS FINTECH” (rivojlanayotgan Fintex bozori) nominatsiyasi g‘olibi ham bo‘ldi.

“Bu ko‘lami va tashkil etilishi jihatidan taasurotlarga boy tadbirdir, chunki unda dunyoning turli mamlakatlaridagi startap loyihalariga qiziqish bildirgan deyarli barcha tomonlar ishtirok etadi. Tanlovda jami 50 ta loyiha ishtirok etdi. Hakamlar bizni uchta asosiy mezon: yangilik, samaradorlik va ta’sirlilik bo‘yicha baholadilar. Biz hali ham g‘alaba qozonganimizdan kuchli hayajondamiz va bo‘lg‘usi startap asoschilariga o‘zlariga ishonishlari kerakligini va shunda hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidlamoqchimiz!” – dedi, “Mayasoft Ltd” jamoasi sardori Nodir Badriddinov.

Eslatib o‘tamiz, “FinTech Abu Dhabi” xalqaro startap tanlovi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi loyihalarni to‘playdi, finalda esa, 50 ta eng yaxshi jamoa va butun dunyo bo‘yicha 5000 dan ortiq sarmoyadorlar va mehmonlar ishtirok etadi.

O‘QING: IT Park va Ucell hamkorligida Boot Camp bo‘lib o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!