Flyme 8 taqdim etildi, uning Meizu smartfonlariga tarqatilish jadvali bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  675
  •  30.08.2019 15:59

Flyme 8 taqdim etildi, uning Meizu smartfonlariga tarqatilish jadvali bilan tanishing

Meizu kompaniyasi o‘z mobil qurilmalari uchun ishlab chiqilgan grafik qobiqning yangi talqini – Flyme 8 namoyishini o‘tkazdi. Taqdimotda ta’kidlanishicha, bu – yangi Alive Design dizayn konsepsiyasiga ega yengil va shiddatkor proshivkadir.

O‘QING: Meizu 16s Pro old panelini tomosha qilamiz

Flyme 8 birinchi rasmiy beta-versiyasi allaqachon chiqarildi, proshivkaning barqaror jamlanmasi esa noyabr oyida kompaniyaning o‘nta modeliga tarqatiladi:

  1. Meizu 16S Pro
  2. Meizu 16S
  3. Meizu 16X (Sotib olish)
  4. Meizu 16th (Sotib olish)
  5. Meizu 16th Plus
  6. Meizu 15 (Sotib olish)
  7. Meizu 15 Plus (Sotib olish)
  8. Meizu Pro 7 High Edition
  9. Meizu Pro 7 Plus (Sotib olish)
  10. Meizu Note 6

Aytish kerakki, Flyme 8 grafik qobig‘i Small Window Mode 2.0 rejimiga ega – unda bir nechta ilovani interfeys ustida ochish mumkin. Masalan, siz smartfonda o‘yin o‘ynayotib, uning bir burchagida biryo‘la messenjerda yozisha olasiz.

Shuningdek, ushbu proshivkada Firepower Full o‘yin rejimi 4.0 talqinigacha yangilangan, ekrandan video yozib olish sifati yaxshilangan. Uyali aloqa signalini ushlash barqarorligi oshirilgan. Mazkur grafik qobiqda kameraning tungi rejimi yangilangan. Old kamera endi fotochaqnoq sifatida ekrandan foydalana oladi.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Meizu va’da qilishicha, shu yilning dekabrida Flyme 8 proshivkasi yana quyidagi smartfonlarga yetib keladi:

  1. Meizu 16Xs
  2. Meizu M15
  3. Meizu Pro 7 (Sotib olish)
  4. Meizu Note 9
  5. Meizu Note 8
  6. Meizu X8 (Sotib olish)
  7. Meizu Pro 6 Plus
  8. Meizu Pro 6S
  9. Meizu Pro 6
  10. Meizu Pro 5
  11. Meizu MX6
  12. Meizu Blue Charm 6
  13. Meizu Blue Charm E3
  14. Meizu Blue Charm X6
  15. Meizu Blue Charm Note 5
  16. Meizu Blue Charm Max
  17. Meizu Blue Charm E

Hozirda kompaniyaning aksariyat smartfonlarini 930 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 20 xil Meizu smartfoniga Flyme 7.3 chiqdi – ular ro‘yxati va yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.