Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

  •   Saroy
  •  1987
  •  27.10.2018 10:40

Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

Smartfonlarning ichki tuzilishi shu qadar mukammallashib ketdiki, hatto ayrim kompyuterlar bilan ham bemalol bellasha oladi. Endi esa bir qator zo‘r o‘yinlar smartfon ekranlariga ham ko‘chmoqda.

Civilization 6

Agar intellektual o‘yinlar ishqibozi bo‘lsangiz, u holda global strategiya aynan siz bob. Ha deb telefon ekraniga qo‘l niqtashni bas qiling va miyangizni ishlashga qo‘yib bering. «Sivilizatsiya» keskin harakatlarni talab qilmaydi, uni xuddi shaxmatdagi kabi o‘ylab o‘ynash kerak.

«Sivilizatsiya»ga mana 25 yil bo‘ldi. O‘yin ilk bor foydalanuvchilarga davrlar o‘zgarishini kuzatish imkonini berdi. Asta-sekin rivojlanish bilan o‘yinchilar davrlar, mamlakatlar va xalqlar yonidan o‘tadi.

Bir kunlik o‘yinda qadimiy Xitoy yuqori texnologiyali futuristik respublikaga aylanadi.

Boshqa mamlakatlar bilan jang qilishdan tashqari, o‘yinchi savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi mumkin, resurslar va odamlarni boshqarishi mumkin. 

O‘QING: Sizning orqangizdan ham kelishadi: kompyuter o‘yinlariga berilish kasallik deb e’lon qilindi

Fortnite

Jangari o‘yin, g‘alaba va mikrotranzaksiyaga  chanqoqlik. Agar bu gaplar siz uchun biror bir ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda Fortnite o‘yinini o‘ynang. Axir, o‘yin yaratuvchilari bir yilda milliarderga aylangani sizga biror narsani anglatsa kerak.

2017 yilda paydo bo‘lgan Fortnite: Save the World eng ommaviy merganga aylandi. Bu yerda o‘yinchilar istehkom quradi, zaxira to‘playdi va maxluqlar bilan kurashadi. PlayerUnknown's Battlegrounds’ning shu qadar mashhur bo‘lib ketishi tufayli, Epic Games dasturchilari o‘yin hududini kengaytirishga qaror qilishdi va “qirollar jangi” rejimini qo‘shishdi.  G‘oya oddiy — orolga tushib, yuzlab o‘yinchilar bir-birlariga kim zo‘rligini isbotlashga harakat qiladi. O‘yinchilar bir-birlarini o‘ldirib, tirik qolgan bir o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Qo‘shimchasiga Fortnite: Battle Royale’da multfilm merganini oltin tuxum qo‘yadigan tovuqqa aylantiradi.

Joriy yilda  dasturchilar o‘yinni smartfonlarga ko‘chirishga qaror qilishdi. Ayni paytda o‘yinni har hafta 3,4 million marta yuklashayapdi.

Hozirda Epic Games’da hammasi ham risoladagidek ketayotgani yo‘q. Gap shundaki, o‘yin Xitoyda qimor o‘yini toifasiga kiritildi. Ammo hozircha «qirollar jangini» smartfonda o‘ynashga hech kim to‘sqinlik qilayotgani yo‘q.

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

PlayerUnknown's Battlegrounds

Agar sizni multfilm Fortnite bezor qilgan bo‘lsa hamda inshoot bunyod etish joningizga tegsa, u holda  PUBG sizning tanlovingizga aylanishi mumkin. Brutal ko‘rinishga ega, «qirollar jangiga» qaraganda jiddiy va tartibli.

PlayerUnknown's Battlegrounds dastlabki  davrida ixtirochilarga 100 millionov dollar keltirdi. O‘yinni Steam  do‘konida paydo bo‘lgandan keyin 3 oy davomida to‘rt million marta xarid qilishdi. Bugungi kunda  PlayerUnknown's Battlegrounds’ni shaxsiy kompyuterida har kuni bir milliondan ko‘p kishi o‘ynaydi. Xbox One’da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni esa hozir  sakkiz million kishini tashkil etadi.

Shu yilning may oyida dasturchilar smartfonlar uchun ham versiya yaratdilar va katta daromadni qo‘lga kiritishdi. Har kuni 14 million foydalanuvchi o‘yinni qo‘shishadi. Mikrotranzaksiyalar tufayli PUBG birgina iyul oyida 30 million dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning mobil platformalarida mashhurligi o‘yinchilarni yangi bosqichda o‘zaro musobaqa qilishga majbur qildi.

O‘QING: O‘yinlarni endi kompyuterga ham o‘rnatmasdan, brauzerning o‘zidanoq o‘ynaysiz! (+video)

Minecraft

Agar bir toifadagi o‘yindan va ikkita tugmani boshqarishdan charchagan bo‘lsangiz,  Minecraft bilan toza havodan nafas olgandek bo‘lasiz. O‘ziga xos grafikaga o‘rgandingizmi, virtual qumloqdan chiqish qiyin bo‘ladi.

2009 yida Markus Perscon tomonidan ishlab chiqilgan loyiha o‘zining g‘alati voksel grafikasi bilan o‘yin sanoatining barcha standartini buzib tashladi. Kim o‘ylagandi, quvnoq qumloq dasturchilarga besh yil o‘tib Microsoft’dan  2,5 milliard dollar ishlab oladi, deb.

Ayni damda voksel ajoyibatini har oyda 91 million kishi o‘ynaydi. Sotilgan o‘yin nusxasi 154 milliontadan oshdi. Minecraft faqat «Tetris»dan orqada qolyapti.

O‘yin paydo bo‘lgandan keyin o‘tgan ikki yilda  o‘yinning smartfonlar uchun yangi versiyasi 16,5 million nusxada sotildi. Shaxsiy kompyuterda esa natija ozroq — 13 millionta. Keyingi yili ko‘rsatkich  21 milliontagacha yetdi. 2016 yilda esa Minecraft’ni 40 milliondan ko‘p kishi sotib oldi.

O‘QING: Vidolashuv vaqti keldi: Absolute Games o‘yinlar sayti 20 yillik faoliyatini to‘xtatmoqda

Command & Conquer: Rivals

Ushbu o‘yin Clash Royale ruhida unchalik murakkab bo‘lmagan mobil strategiyaga asoslan. Rivals’dan murakkab taktik mexanik va sarguzashtli syujet liniyasini kutish kerak emas. Shunga qaramay, o‘yin sizga juda qiziqarli tarmoq jangini va’da qiladi.

O‘yin 15 yillik tarixi davomida to‘rtda dasturchilar studiyasini ko‘rdi. 1995 yillarda Westwood kompaniyasining real hayotdagi  strategiyasi videoo‘yinlar bozorini larzaga soldi. Bir–biriga qarshi turgan  GDI bilan «NOD qardoshlari» o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixi hozirda klassikaga aylangan. O‘yinning ikkinchi qismi butun dunyo kompyuter klublarini o‘ziga bog‘lab qo‘ydi. Ma’lum vaqt o‘tgach  Westwood’ni  Electronic Arts marketologlari o‘z qo‘llariga olishdi.

Command and Conquer’ning davomi xuddi Clash Royale’ga o‘xshaydi, lekin bu Electronic Arts’ning bizga taklif etayotgan hozircha yagona loyihasi bo‘lib qolmoqda.

O‘QING: Xellouin arafasida Sony «dahshatli» PlayStation o‘yinlariga ulkan chegirma e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.