Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

  •   Saroy
  •  1605
  •  19.07.2018 11:31

Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Hindistonda selfi qilish taqiqlangan sayyohlik ob’yektlari soni borgan sari ko‘payib bormoqda. Shtatlar hukumati o‘zini o‘zi suratga olishni yoqtiradiganlarni o‘zlaridan himoya qilishga harakat qilmoqda.  Selfi butun dunyoda o‘limga olib keluvchi xavfli ermakka aylandi, amma bu borada aynan Hindiston oldinda bormoqda.

Hindistonning Goa shtatida selfi taqiqlandi. To‘g‘ri hamma joyda ham emas, albatta. Endi plyajlarda, qoyalarda va Arab dengizi sohillari bo‘yidagi cho‘miladigan 24 ta hududda selfi qilish rasman ta’qiqlandi.  Shtat rahbariyati shu yo‘l bilan beparvo turistlarni chiroyli kartinalar qilaman deb hayotlarini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirmoqda. Goa shtatiga har yili 6 million sayyoh keladi. Bundan buyon, ular ko‘pgina joylarda selfi qilish taqiqlangani haqda ogohlantirilgan taxtachalarni uchratish mumkin.

O‘QING:Mi A2 kamerasida olingan ilk surat e’lon qilindi

Odamlar  quriq bo‘lib ko‘ringan sohillarni 20 soniyada okean suvi yuvib ketishi mumkinligini tushinib yetmayaptilar.

Selfi qilishni taqiqlashga 17 iyunda Hindistonning Tamil Nad shtatida ikki turistning fojeali o‘limi sabab bo‘ldi. Ushbu ikki fojeali hodisa bir biriga bog‘liq emas, lekin ikki yosh yigit ham juda o‘xshash holatda kulfatga yo‘liqqan.  Ularning ikkalasi ham sohil bo‘yidagi qoyaning bo‘rtib turgan  joyiga chiqib selfi qilmoqchi bo‘lgan. Ammo shiddatli to‘lqin ularni yiqitib olib ketgan. Natijada ikki yigit ham cho‘kib ketgan.

Qoyalarga chiqish xavfli, deb yozilgan taxtachalar avval ham har joyda qadab qo‘yilgan edi. Biroq turistlar, odatda, ularga e’tibor qilmaydi. «Odamlar o‘zlarining xavfsizligi uchun mas’uliyatni zimmalariga olgisi kelmaydi, — deydi xususiy qutqaruv kompaniyasi rahbari Ravi Shanker  Guardian gazetasi muxbiri bilan suhbatda. — Odamlar bilishmaydiki, sohilning  yuzasi quruq ko‘ringani bilan 20 soniyada to‘lqin yuvib ketishi mumkin. Chunki ularning ko‘zlari ham, diqqat e’tiborlari ham  o‘zlarining smartfonlari kamerasiga qaratilgan bo‘ladi, ular selfi qilayotgan chog‘da juda e’tiborsiz bo‘ladilar  va xavfni o‘z vaqtida payqamaydi».

Shu bilan birga,  Indian Express gazetasining ta’kidlashicha, mahalliy aholi vakillari hamda qutqaruvchilar har doim beparvo sayohatchilarni ogohlantiradilar, ular esa gapga quloq solmay, ko‘p holatlarda aksincha qo‘pol javob berishadi.

O‘QING:Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

Rasmiy taqiq turistlarni himolash uchun qilinmoqda. Ular dengiz sohilida qoyalarga chiqish o‘ta xavfli ekanini tushunishmas ekan, demak ularning qoyalarga chiqishini taqiqlash kerak.

Newsweek nashrining yozishicha,  mashhur Kalangut plyaji politsiyasi hatto,  qutqaruv xizmatini kechayu kunduz tashkil etish masalasini ko‘rmoqda. Ular tong sahar va oqshom paytida sohil kimsasiz bo‘lgan paytda selfi ishqibozlarini ushlash bilan shug‘ullanadilar.

Havaskorlar uchun eng xavflisi balandikda, suv yoki transportda selfi qilishdir.

Hindiston  — selfi qilishga urinish oqibati yuz bergan fojeali hodisalar soni bo‘yicha  rekordsmen hisoblanadi. Bu 2016 yilda ayniqsa, yaqqol kuzatildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, 2014 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan vaqtda bu yerda 76 kishi halok bo‘lgan ekan. Havaskorlar uchun eng xavfli selfi, bu balandlik, suv va transport bo‘lmoqda. Ba’zida odamlar tuda-tuda bo‘lib fojeaga duch kelishadi. Masalan, 2014 yilda Maxarashtra shtatidagi ko‘llarning birida qayiqda ketayotgan 10 nafar sayyoh juda chiroyli selfi qilamiz deb,  qayig‘ini ag‘darib yuborishgan, natijada yetti kishi cho‘kib o‘lgan.

O‘QING:Sony Xperia XA2 Plus smartfoni kengburchakli kameraga ega bo‘ldi, sababi selfi

Goa selfidan holi hudud deb e’lon qilingan yagona shtat emas.  2016 yilda Maxarashtra shtatining ma’muriy markazi Mumbay hokimiyati ham sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan 15 ta hududni  o‘zini o‘zi suratga olish uchun xavfli joy, deb  e’lon qildi. Ularning orasida Marin-Drayv sohili va Chaupati plyaji bor. Ushbu qarorning qabul qilinishiga sohil bo‘yida o‘zini suratga olmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qizning cho‘kib ketishi sabab bo‘ldi.

Ushbu mudhish voqea yuz bergan bir paytning o‘zida Bandro tumanida ham uch nafar qiz dengizga tushib ketgan — ular ham selfi qilishmoqchi bo‘lishgan ekan. Ulardan ikki nafarining qirg‘oqqa chiqib olishiga  shu yerda o‘tib borayotgan yo‘lovchi yordam bergan, uchinchisi esa cho‘kib ketgan. Qizni qutqarmoqchi bo‘lgan qutqaruv xizmati hodimi ham halok bo‘lgan. Qizning jasadini ikki kundan keyin Mumbay atrofidagi buxtalarning  birida topishdi.

2015 yilda ham Mumbay hokimligi hindu festivallarining birida selfi qilishni ta’qiqlagan edi, chunki ular tiqilinchni, ur-yiqitni keltirib chiqarishi mumkin edi.  «Selfisiz hudud» taxtachasi festival o‘tadigan maydonning ikki joyiga o‘rnatilgandi o‘shanda.

Selfi qilishni yoqtiradigan kishilar uchun bir qarashda juda beozor joylar ham xavfli bo‘lib chiqishi mumkin.  2015 yil sentyabr oyida Hindistonda yaponiyalik sayyoh halok bo‘ldi, u o‘zini Toj-Mahalda suratga tushirmoqchi bo‘lgan. Tekshirish natijasi shu bo‘ldiki, u zinalarning birida to‘satdan yiqilib tushgan va boshi qattiq lat yegan.

2017 yili Karnataka shtatida ham selfiga qarshi jiddiy harakat boshlandi. Bunga maymun obrazidagi hind xudolarining biri Xanuman sharafiga bunyod etilgan ibodatxonada bir guruh kollej talabalari bilan bog‘liq fojeali voqea sabab bo‘ldi. Ushbu ibodatxona Bangalordan 30 km uzoqlikda joylashgan. Talabalar bu yerga ibodatxonani tartibga keltirish, supirib sidirish uchun kelishgan. Ibodatxonani yuvib tozalaganlaridan keyin o‘smirlar shu yerdagi xovuzlarning birida cho‘milmoqchi bo‘lishgan. Cho‘milish fojea bilan tugadi. Talabalardan biri cho‘kib ketdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, guruhli selfi qilinganda ularning orqasida cho‘kayotgan bolaning boshi aniq ko‘rinib turgan, lekin hamma surat bilan bo‘lib, unga hech kim e’tibor qilmagan.

Albatta, bularning barchasi Hindistonda bo‘lgan voqelar, xalos. Qolgan mamlakatlardachi? Okean sohilida joylashgan mamlakatlar ozmi, yirik shaharlarda, mashinalar keti uzilmaydigan serqatnov yo‘llarda selfi qilish xavfli emasmi? Osmonupar binolarning tomiga chiqib o‘zini o‘zi suratga olishni yoqtiradiganlarchi? Hayvonot bog‘larida yoki Afrika savannalarida yirtqich hayvonlar bilan selfi qilish xavfli sanalmaydimi? Ko‘rinib turibdiki, selfi allaqachon olamshumul  muammoga aylanib ulgurgan.   

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!