Fuchsia ham, Android ham emas: Google yashirincha yana bitta operatsion tizim tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  449
  •  16.09.2020 11:50

Fuchsia ham, Android ham emas: Google yashirincha yana bitta operatsion tizim tayyorlayapti!

Google kompaniyasi turli qurilmalarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Biz undan olingan suratlarni va hatto videosini ham e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, yaqindagina...

O‘QING: Fuchsia OS sertifikatsiyadan o‘tdi – Android’ning kuni bitdimi?

Endi internetda tarqalgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Google kompaniyasi yana bitta operatsion tizim tayyorlamoqda. Kodli nomi LaCrOs bo‘lgan ushbu dasturiy ta’minot mahsuloti Chrome OS operatsion tizimining o‘rniga keladi.

LaCrOs’ning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – Chrome brauzeri unda operatsion tizimning ajralmas qismi bo‘lmaydi. Ya’ni, Windows hamda MacOS tizimlaridagi singari, unda ham foydalanuvchilar yaxlit tizimni yangilab o‘tirmasdan, brauzerning o‘zini yangilay oladilar.

Google ushbu operatsion tizimni qachon taqdim etishi noma’lum, u mazkur mahsuloti haqida rasman bir martagina ma’lumot bergan, xolos.

O‘QING: Google eng arzon smartfonlar uchun ham Android 11 taqdim etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!