Galaxy A10e: atigi yuz dollarlik smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  1929
  •  30.05.2019 15:52

Galaxy A10e: atigi yuz dollarlik smartfon Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Samsung kompaniyasi iyun oyining boshida 100 dollarlik Galaxy A10e (yoki Galaxy A10s) smartfonining taqdimotini o‘tkazadi. Ushbu devays fevralning boshida namoyish etilgan Galaxy A10 modelining yanada arzon versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, o‘sha tadbirning o‘zida yana bir – «ideal» smartfon ham namoyish qilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung bo‘lajak xit – Galaxy M40’ning taqdimot kuni va yana bir flagmancha xususiyatini rasman e’lon qildi!

Kechagina – 29 may kuni Geekbench servisida model raqami SM-A102U bo‘lgan mobil qurilma sinovdan o‘tkazib ko‘rildi. Manbalarga ko‘ra, bu o‘sha – Samsung Galaxy A10e smartfonidir.

Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilma Exynos 7885 protsessoriga ega. Tezkor xotirasi atigi 2 gigabayt bo‘lgan Galaxy A10e yakka yadroli testda 1163 ball, barcha yadrolarini ishlatganda esa 3581 ball to‘plagan. Aytish kerakki, standart Samsung Galaxy A10 (sotib olish) ham taxminan shunaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi.

Samsung Galaxy A10e modeli eng so‘nggi – Android 9.0 Pie operatsion tizimi bazasidagi One UI grafik qobig‘iga ega. Uning ham «ideal» smartfon deya ta’riflanayotgan Galaxy M40 bilan birga, 11 iyun kuni taqdim etilishi kutilmoqda, lekin bu hozircha taxmin, xolos.

O‘QING: Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Ushbu kompaniyaning ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.