Galaxy A2 Core haqida yangi ma’lumotlar: nisbatan kuchli protsessor, Android Pie va aniq narxi!

  •   DiMaX
  •  8353
  •  12.04.2019 15:39

Galaxy A2 Core haqida yangi ma’lumotlar: nisbatan kuchli protsessor, Android Pie va aniq narxi!

Samsung kompaniyasi Galaxy A2 Core rusumli arzon smartfon tayyorlayotgani haqida xabar berganmiz. Endi esa uning texnik xususiyatlariga aniqlik kirituvchi yangi ma’lumotlar ham chiqdi.

O‘QING: Samsung’ning 2019 yilgi eng arzon smartfoni – Galaxy A2 Core nimalarga qodir?

Xullasi kalom, Galaxy A2 Core besh dyuymlik ekranga ega bo‘lib, tasvir aniqligi 960x540 piksellik bo‘lyapti. Uning tezkor xotirasi atigi 1 gigabayt bo‘lsa-da, nisbatan kuchli – sakkiz yadroli Exynos 7870 protsessoriga ega. Mazkur chipset 14-nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan bo‘lib, Snapdragon 450 protsessorining raqobatchisi hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rib turganingizdek, Galaxy A2 Core modelining har ikkala kamerasini 5 megapiksellik modullar bilan ta’minlagan. Smartfonning texnik parametrlariga qaraganda, 2600 mA/soatlik akkumulyator uning yetarlicha avtonomligini ta’minlay oladi.

O‘QING: RASMAN: Samsung hamyonbop turkumidagi smartfonlarini endi ishlab chiqarmaydi! (+video)

Avvalgi xabarlarda Galaxy A2 Core modelining Android 8.1 Oreo (Go Edition) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashi aytilgan edi. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Samsung uni eng yangi – Android 9 Pie (Go edition) tizimi bilan taqdim etar ekan!

Galaxy A2 Core korpusining o‘lchamlari 141,5x70,9x9,1 millimetrga teng bo‘lib, kul rang, moviy va qizil tusli variantlarda ishlab chiqariladi. Hindistonda uni atigi 75 dollarga teng narx evaziga olish mumkin bo‘ladi.

Afsuski, ushbu arzon smartfonning boshqa mamlakatlar bozoriga chiqish-chiqmasligi hozircha aniq emas. Lekin Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!