Galaxy A71 smartfoni ham Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi: Android 10 va 8 GB «operativka»!

  •   DiMaX
  •  3012
  •  30.08.2019 17:30

Galaxy A71 smartfoni ham Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi: Android 10 va 8 GB «operativka»!

Samsung kompaniyasining Galaxy A71 hamda Galaxy A91 modellari ushbu turkumning qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimiga ega ilk vakillari bo‘ladi. Hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, avvalroq bulardan birinchisining «jonli» videosi ham chiqqan.

O‘QING: Hali taqdim qilinmagan Samsung Galaxy A71'ni qutisidan ochib, ishlatib ko‘rishdi!

Endi esa xuddi shu Samsung Galaxy A71 smartfoni ommabop Geekbench servisida tekshirib ko‘rilganligi ma’lum bo‘ldi. Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, uning tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lib, Android 10 operatsion tizim talqini bilan chiqariladi. Qurilmaning protsessori sifatida SM6150 ko‘rsatilgan, bu esa Snapdragon 675 yoki Snapdragon 730 chipseti bo‘lishi mumkin.

Geekbench servisida imtihon topshirganida, Galaxy A71 yakka yadroli sinovda 2540, ko‘p yadroli tekshiruvda esa 7081 ballik natija ko‘rsatgan:

Aytish kerakki, Galaxy A71 modelini Samsung hali kelasi yil bahorda – Galaxy S11 flagmani taqdimotidan keyin namoyish etishni mo‘ljallamoqda. Allaqachon bozorga chiqarilgan turli rusumlardagi Samsung telefonlarini esa atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!