Galaxy A9s – Samsung’ning «to‘rtko‘z» kamerali ilk smartfoni!

  •   DiMaX
  •  2134
  •  01.10.2018 14:47

Galaxy A9s – Samsung’ning «to‘rtko‘z» kamerali ilk smartfoni!

Janubiy koreyalik texnogigant joriy yilning 14 sentyabrida o‘zining to‘rt modulli bosh kamera smartfon namoyish etishini aytib taklifnoma tarqatgandi. 11 oktyabrga belgilangan ushbu tadbirda ko‘rsatiladigan yangi qurilmaning Galaxy A9 Star Pro modeli sifatida taqdim qilinishi kutilayotgan edi.

O‘QING: To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

Endi tarqalayotgan yangi xabarlarga ko‘ra, model raqami SM-A9200 bo‘lgan mazkur devays Galaxy A9s nomi ostida chiqariladi. Uning asosiy o‘ziga xosligi – naq to‘rtta ob’yektivli bosh kamerasi bo‘ladi. Ulardan asosiy modul 24 MPlik, ikkinchisi – keng burchakli (120°) va 8 MPlik. Qolgan ikkita ob’yektiv esa 10 va 5 megapikselli bo‘lib, turlicha optik zumga ega.

«Sizib chiqqan» ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy A9s digonaliga 6.28 dyuymlik, Full HD+ formatli AMOLED-displeyga ega. Mazkur gadjetga Snapdragon 660 protsessori, 4/6 GB tezkor va 64/128 doimiy xotira o‘rnatiladi. Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi bu smartfon 3720 mA/soatlik akkumulyatordan quvvat olib ishlaydi.

Janubiy koreyalik texnogigantning shu paytgacha bozorga chiqarilgan ko‘plab modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin. Darvoqe, Galaxy A9s modelidan tashqari, Samsung yaqinda yana bitta – Galaxy A6s modelini ham tayyorlagan.

O‘QING: Endi Galaxy A6s: Samsung Galaxy P30 smartfonining nomini o‘zgartirdi