Galaxy M20 smartfoni Samsung‘ning «kemtik» ekranli ilk modeli bo‘lishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1918
  •  23.11.2018 17:42

Galaxy M20 smartfoni Samsung‘ning «kemtik» ekranli ilk modeli bo‘lishi mumkin!

Samsung kompaniyasi birdaniga Galaxy J, Galaxy On hamda Galaxy C turkumi o‘rniga yangi – Galaxy M seriyasidagi smartfonlarini tayyorlayotgani haqida xabar berganmiz. Ulardan biri hatto benchmarklarda o‘z kuchini ko‘rsatishga ham ulgurgan.

O‘QING: Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

Yangi xabarlarga ko‘ra, Galaxy M20 (yoki Galaxy M2 deb nomlanishi ham mumkin) rusumli smartfonning ekrani tepasida «o‘yiq» bo‘lishi mumkin. Agar chindan Samsung shunday yo‘l tutsa, bu uning «kemtik»li displeyga ega birinchi smartfoni sifatida maydonga tushadi.

Aytish kerakki, janubiy koreyaliklarning mazkur gadjeti ekranidagi «kemtik» kupertinoliklarning iPhone X superflagmani yoki boshqa ko‘plab smartfonlardagi singari katta bo‘lmaydi. Bu yerda gap old kamera uchun kichkinagina «o‘yilgan» Infinity-U turidagi displey haqida ketmoqda. Samsung loyihalashtirgan Infinity-U, Infinity-V, Infinity-O va New Infinity deb nomlanuvchi ekranlar haqidagi ma’lumot esa quyidagi maqolamizda:

O‘QING: Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Yuqoridagi va mana bu rasmlar internetda tarqalgan ma’lumotlar asosida ishlangan, aslida esa Samsung Galaxy M20 boshqacharoq ko‘rinish olishi ham mumkin.

Ushbu qurilma tez orada taqdim etilib, yanagi yil boshida sotuvga chiqarilishi ham mumkin. Samsung allaqachon bozorga taqdim etgan ayrim smartfonlarni esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!