Galaxy M51 sal kechroq, Galaxy S20 Lite esa ertaroq chiqadi

  •   DiMaX
  •  1178
  •  26.06.2020 12:52

Galaxy M51 sal kechroq, Galaxy S20 Lite esa ertaroq chiqadi

Samsung kompaniyasining arzon smartfonlar turkumidagi Galaxy M51 modeli hqidagi dastlabki xabarlar yilning boshidayoq tarqalgan. Yaqinda uni Geekbench servisida sinab ham ko‘rishgan.

O‘QING: Samsung’ning navbatdagi arzon smartfonlari – Galaxy M51 hamda M31s haqida xushxabarlar bor!

Janubiy koreyalik texnogigant ushbu smartfonini shu oy so‘ngi yoki keyingi oy boshida rasman namoyish etilishi kutilayotgan edi. Lekin manbalarning ma’lum qilishicha, ishlab chiqarish jarayonidagi muammolar sababli Samsung mazkur taqdimotni kechiktiryapti. Galaxy M51 endi sentyabr oyida, Hindistonda taqdim qilinadi.

Shu bilan birga, arzonlashtirilgan flagman – Galaxy S20 Lite modelini kutayotganlar uchun xushxabar ham bor. Bilasizki, uning «ajdod»i – Galaxy S10 Lite smartfoni o‘tgan yilning so‘ngida tayyorlanib, bu yilning boshida namoyish qilingan. Shundan kelib chiqib, Galaxy S20 Lite ommaga yilning oxirida ko‘rsatilishi kutilayotgan edi. Biroq ishlab chiqaruvchining yurtidagi ETNews nashriga ko‘ra, Samsung uni ancha erta – oktyabr yoki hatto sentyabr oyida taqdim etishi mumkin!

Eslatib o‘tamiz, bu modelni bozorga Galaxy S20 Fan Edition nomi ostida chiqarishlari ehtimoli ham bor. Uning ertaroq namoyish qilinishi sabablaridan biri – «ashaddiy raqib»ning iPhone 12 turkumidagi smartfonlaridan avval bozorga kirib borishini ta’minlash bo‘lsa kerak.

O‘QING: Galaxy A01 Core – eng arzon Samsung smartfoni bilan tanishamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!