Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  801
  •  08.07.2020 10:59

Galaxy Note 20 va boshqa gadjetlar taqdimot sanasini Samsung rasman e’lon qildi! (+video)

Kuni kecha Samsung o‘zining rasmiy saytiga Galaxy Note 20 Ultra suratini chiqarib, yana yashirib qo‘ygan edi. Lekin insayderlar uni ilk «jonli» rasmlarda har tomonlama ko‘rsatishgan.

O‘QING: Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Shu paytgacha tarqalgan mish-mishlarda aytilishicha, Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlar joriy yilning 5 avgustida taqdim etilishi kutilmoqda. Nihoyat, buni kompaniyaning o‘zi ham rasman tasdiqladi – Galaxy Unpacked 2020 tadbiri taklifnomasini e’lon qildi:

Onlayn tarzda o‘tkaziladigan tadbirining ushbu rasmiy taklifnomasiga qaraganda, uning asosiy qahramonlari Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlardir. Lekin Samsung unda boshqa mahsulotlarini ham namoyish etadi, shulardan biri Galaxy Fold 2 buklamafoni bo‘lishi kerak.

Kompaniya yana Galaxy Buds Live (yoki Galaxy Buds X) nomli loviyasimon butkul simsiz quloqchin hamda Galaxy Watch 3 smart-soatini ham tayyorlagan. Ammo ular shu oyning o‘zidayoq taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!