Galaxy S flagmanlarining evolyusiyasini Samsung qisqa videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  2125
  •  31.12.2020 15:47

Galaxy S flagmanlarining evolyusiyasini Samsung qisqa videoda ko‘rsatdi

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S21, Galaxy S21 Plus hamda S21 Ultra smartfonlari haqida rasman ma’lumot bermayotgan esa-da, allaqachon ular haqida ko‘p narsa ma’lum. Ularning bulturgi modellar – tegishlicha Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellaridan arzonroq sotishi haqida yozgan edik, hatto aniq narxlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 Ultra'ning rasmlari va batafsil texnik xususiyatlari sizdirildi

Bu orada kompaniya o‘zining Galaxy S turkumidagi flagmanlarini qisqacha eslab o‘tishga qaror qildi. «Yangi Galaxy’ni kutib» (A new Galaxy awaits) deb nomlangan 30 soniyalik lavhada ularning evolyusiyasi – har birining dizaynidagi o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan:

Siz-chi, bu kompaniyaning Galaxy S turkumidagi biror smartfonini ishlatganmisiz? Ulardan qay birining dizayni ko‘proq ma’qul keladi?

O‘QING: Galaxy S21 flagmanini Samsung naq $700 chegirma bilan taklif etyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!