Galaxy S9 savdosi «ishkal» bilan boshlandi, Samsung allaqachon uzr so‘radi

  •   DiMaX
  •  3075
  •  16.03.2018 16:56

Galaxy S9 savdosi «ishkal» bilan boshlandi, Samsung allaqachon uzr so‘radi

Yaqinda taqdim etilgan Samsung Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ smartfonlarining savdosi bugun – 16 mart kuni boshlandi. Bu modellarga dunyo bo‘ylab ko‘pchilik oldindan buyurtma bergan bo‘lib, ularni ham bugundan yetkazib berishmoqda. Ammo AQShda mazkur savdolar borasida qiziq holat yuzaga keldi.

O‘QING: Galaxy S9 Samsung'ni xatosi bo‘lishi mumkin

Gap shundaki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida mijozlar yangi smartfonni bevosita o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi uyali aloqa operatoridan xarid qilishadi. Xarid qilingan telefon qadog‘ining ichidagi jamlanmaga esa shu operatorning SIM-kartasi ham kiritilgan bo‘ladi.

Bugun savdosi boshlangan Samsung Galaxy S9 modellarining ayrimlari egalariga yetkazilgach, ular qadoqda umuman boshqa operator SIM-kartasi borligiga guvoh bo‘lishgan. Masalan, Sprint aloqa operatorlari orqali Galaxy S9 buyurtma qilgan mijozlariga Verizon kompaniyasining SIM-kartasi solingan jamlanma yetib kelgan.

Shuningdek, aloqa operatorini tanlagan holda Samsung.com saytida yoki Shop Samsung ilovasi orqali oldindan buyurtma rasmiylashtirgan xaridorlarga ham qadog‘iga boshqa operator SIM-kartasi solingan smartfonlar yetkazib berilgan.

O‘QING: Galaxy S9 olsammi yoki S9 Plus – "Malika"da yana bosh qotdi!

Bu kabi holatlardan shikoyatlar ko‘p bo‘lganligi sababli, Samsung kompaniyasi rasmiy bayonot e’lon qildi. U smartfonlarni qadoqlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini, shu bois ayrim xaridorlar boshqa operator SIM-kartasi solingan jamlanmalar yetib borganini tan olgan va uzr so‘ragan.

Xabarga ko‘ra, Samsung tezda o‘z xatosini to‘g‘irlagan – mijozlariga o‘z hisobidan «to‘g‘ri» SIM-kartalar jo‘nata boshlagan.

O‘QING: Galaxy S9+ tannarxi hisoblandi: insof ham kerak-da, Samsung!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!