Galaxy S9 va S9+ savdosida muammolar kuzatilmoqda

  •   Saroy
  •  1625
  •  14.06.2018 16:10

Galaxy S9 va S9+ savdosida muammolar kuzatilmoqda

Samsung kompaniyasining yangi flagmanlari –  Galaxy S9 va S9+  sotuvga chiqarilganda yaxshi start olgandi. Ammo, birinchi kun yaxshi sotilgani bilan, keyinroq  talab pasaya boshladi. Buni birinchi bo‘lib, Janubiy Koreyadagi tarmoq operatorlari payqashdi, endi esa tahlil kompaniyalar yangi qurilmaning dunyo bozoridagi mavqei borasida yaxshi bashoratni aytishmayapti.

Eugene Investment & Securities tahlilchisi Li Sin U’ning (Lee Seung-woo) ta’kidlashicha,   2018 yilda Samsung savdoga  30 million dona atrofida Galaxy S9 va S9+ chiqaradi. Bu, so‘nggi besh yil davomida eng yomon natija. Taqqoslash uchun olib qaraydigan bo‘lsak, flagmanlar oilasiga kiruvchi Galaxy S8’dan  o‘tgan yili 41 million dona sotilgan edi.  Galaxy’ning ushbu yangi avlodlari uchun savdo ko‘rsatkichi 43 millionta bo‘ladi deyilayotgan edi, lekin qayerdadir xatoga yo‘l qo‘yilgan ko‘rinadi. Endi vaziyatni faqat smartfonlarni keng qamrovli qayta dezaynlash yoki yangi, hammani qiziqtiradigan “ustunlik”  qutqarishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, kareyalik gigant Galaxy S10 uchun uchtalik kamera o‘rnatish ustida o‘ylamoqda, bundan tashqari,  apparat 2019 yilga kelib barmoq izlari skanerli displeyga ega bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S4 tarixdagi birorta planshetda yo‘q inqilobiy xususiyatga ega bo‘ladi

Tahlilchilarning baho berishicha, joriy yilning ikkinchi choragida Samsung Electronics ko‘radigan daromad 500 milliard von (462 million dollar) atrofida bo‘ladi, bu 2016 yilda bo‘lib o‘tgan  Rio Olimpiadasi arafasida ko‘rgan daromaddan ikki barobarga ozdir. Bunday pasayishga nafaqat kompaniyaning mobil qurilmalari bo‘limida savdoning ko‘ngildagidek ketmayotgani, balki 2018 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati hamda Osiyo o‘yinlari arafasida  televizorlariga ham talab ortmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, Samsung elektronika yo‘nalishidagi pasayishni DRAM xotiralari savdosi yordamida qoplab olishi mumkin, chunki ushbu mahsulot borgan sari qimmatlashib bormoqda.

O‘QING: Dinamiksiz smartfon: u qanday bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.