Galaxy Z Flip hamda Galaxy S20’lar haqida qiziq xabar: Samsung’dan buni hech kim kutmagan edi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4297
  •  08.02.2020 13:04

Galaxy Z Flip hamda Galaxy S20’lar haqida qiziq xabar: Samsung’dan buni hech kim kutmagan edi! (+video)

11 fevral kuni Samsung o‘zining navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirida yangi – Galaxy S20 flagmanlar oilasini hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim qiladi. Kuni kecha chiqqan xabarga ko‘ra, ayni o‘sha tadbirning o‘zida Google ham bir syurprizini namoyish etmoqchi.

O‘QING: Galaxy S20’larning aniq narxlarini Samsung xodimi aytdi – kutilganidan ham qimmat ekan!

Android Central nashrining bosh muharriri Endryu Martonik (Andrew Martonik) esa ushbu syurprizning sirini allaqachon aniqlaganini ma’lum qildi. Uning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Samsung’ning yangi smartfonlari biror grafik qobiqsiz, toza Android operatsion tizimi bilan chiqariladi!

Aytish kerakki, Samsung smartfonlari uzoq vaqt Samsung Experience grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlab kelardi. Bundan bir yilcha avval kompaniya uning o‘rniga yangi – One UI qobig‘ini taqdim etgan; 2019 yilning kuzida esa uning yangilangan One UI 2.0 versiyasi taqdim etilgan edi.

Samsung o‘z grafik qobig‘ini ishlab chiqishda davom etishdan voz kechgani g‘alati tuyuladi, ammo hozircha bu norasmiy xbar ekanini ham yodda tutishimiz lozim. Voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra 5G hamda Galaxy Z Flip ilk rasmiy suratlar va «jonli» videoda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.