Global versiyali Xiaomi Mi 11 Lite 5G hali chiqmagan Snapdragon 775G chipida ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  979
  •  12.03.2021 14:28

Global versiyali Xiaomi Mi 11 Lite 5G hali chiqmagan Snapdragon 775G chipida ishlaydi!

Xiaomi kompaniyasi so‘nggi avlod flagmanlarining «yengillashtirilgan» versiyasi – Mi 11 Lite modelini ham tayyorlagan. Avvalroq u AQShning Federal aloqa komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida «ko‘rinish bergan» edi. Yaqinda esa...

O‘QING: Arzon flagman – Xiaomi Mi 11 Lite’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Keyingi paytlarda bu smartfonning xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar ko‘paygan, ulardan eng muhimi – gadjet Qualcomm hali rasman taqdim etmagan Snapdragon 775G protsessori bazasiga qurilgan. Ushbu chipset beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ham ishlay oladi, shu boisdan telefonni ham endi Xiaomi Mi 11 Lite 5G deb atashmoqda.

Taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ushbu arzonlashtirilgan flagmanning rang variantlari hamda xotira modifikatsiyalarini e’lon qildi:

Shunday qilib, Xiaomi Mi 11 Lite 5G yashil, sariq, ko‘k, pushti va ikki tusdagi qora rangli korpuslarda taklif etiladi. Yevropa bozoriga uni tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 6/64 GB, 6/128 GB va 8/128 GBlik modifikatsiyalarda yetkazib berishadi.

Xiaomi arzonlashtirilgan 5G-flagmanini tez orada taqdim etishi kutilmoqda, uning narxlari haqida esa hozircha faqat norasmiy ma’lumot mavjud.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!