Google dasturchini seriyali qotilga «aylantirdi»!

  •   DiMaX
  •  646
  •  25.06.2021 15:41

Google dasturchini seriyali qotilga «aylantirdi»!

Hozirda internetda izlash deganda aksariyatning xayoliga birinchi navbatda Google qidiruvi keladi. Lekin bu gigantning servislari ba’zida «qovun tushirib» turishi ham bor gap.

O‘QING: Google xavfsiz qidiruvda ham bolalarga yarim yalang‘och pornoaktrisalarni ko‘rsatyapti

Google qidiruv xizmatining shunaqa «ishkal» natijalaridan biri haqida shveysariyalik dasturchi Xristo Georgiyev xabar bergan. IT-gigantning asosiy servisi uni seriyali qotil, deb ko‘rsatgan.

Dasturchiga aslida bu haqda o‘zining sobiq hamkasbi ma’lum qilgan: agar Google orqali Xristo Georgiyev nomi izlansa, javoblar orasida g‘alati bir natija chiqadi. Unda shu dasturchi bilan adash va familiyadosh bo‘lgan bolgariyalik manyakning kartochkasi chiqib keladi, biroq uning rasmi sifatida dasturchining fotosurati joylangan.

Veb-developer o‘z blogida yozishicha, bunday xatolikning sababi Google algoritmlarining noto‘g‘ri ishlashidir.

Qotil tavsifi va dasturchi surati – bitta kartochkada!

Georgiyev ushbu qo‘pol dezinformatsiyadan xabar topishi bilan Google’ga murojaat etgan. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda rezonans berganligi sababli, qidiruv giganti tezda o‘z xatosini to‘g‘rilab qo‘ygan.

O‘QING: Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.