Google Play’da Telegram X’ning rasmiy analogi paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2284
  •  04.01.2018 17:34

Google Play’da Telegram X’ning rasmiy analogi paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda keng ommalashgan Telegram messenjeri jamoasi 2017 yil yakunida iOS-qurilmalar uchun muqobil Telegram X ilovasini taqdim etganidan xabaringiz bor. Bu kliyentning oddiy messenjer ilovasidan ustun jihatlari haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Bugun esa Android-devayslar uchun ilovalar katalogi – Google Play’ga ham Telegram X kliyentining analogi bo‘lgan dastur joylandi. Telegram messenjerining mazkur muqobil ilovasi ham Telegram Messenger LLP kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, Challegram deb ataladi.

Standart Telegram ilovasidan farqli ravishda, Challegram kliyenti TDLib’ga asoslanadi va asosan 64 razryadli qurilmalarga moslab optimallashtirilgan. Bu esa ko‘plab jarayonlarning bajarilishida original ilovadan ko‘ra tezkorlikni ta’minlab beradi.

O‘QING: Telegram’ning iOS va Android-ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Ishlash samaradorligini oshirish bilan birga, dasturchilar Challegram interfeysi va boshqaruv unsurlari ustida ham yaxshigina ter to‘kishgan. Android uchun chiqarilgan Telegram ilovasidan farqli tarzda, Challegram bir nechta rang sxemalarini hamda xabarlar ekranini o‘zgartirishga imkon beruvchi turli interfeys mavzularini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bulardan tashqari, yangi ilovada istalgan tur va hajmdagi fayllarni jo‘natish bo‘yicha cheklov yo‘qligini ham ta’kidlash o‘rinli. Shuningdek, unda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi yanada kuchaytirilgan.

O‘QING: Eksklyuziv: Germaniya politsiyasi Telegram’ni qanday buzib kira olgan?

Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi gadjetlar egalari Challegram ilovasini mana bu havola orqali Google Play’dan yuklab olishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!