Google qidiruvida barchamizning sog‘ligimiz uchun foydali trenajyor paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1793
  •  04.08.2018 16:40

Google qidiruvida barchamizning sog‘ligimiz uchun foydali trenajyor paydo bo‘ldi

Qidiruv giganti sifatida tanilgan Google kompaniyasi o‘zining qidiruv tizimida turli xizmatlar ham ko‘rsatadi. Unga yangi qo‘shilgan utilitalardan biri – to‘g‘ri nafas olish trenajyoridir.

O‘QING: Google Earth ikkita ajoyib funksiya bilan kuchaytirildi

To‘g‘ri nafas olish kishining jismoniy va ruhiy salomatligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Yoga, jangovar san’atlar va meditatsiya kabilarda aynan to‘g‘ri nafas olishga ahamiyat berilishi bejiz emas. Bir necha marta chuqur nafas olib-chiqarish kishida stress darajasini pasaytiradi, vahimadan xalos etadi, tinchlanishga yordam beradi. Xususan, ishingiz asab zo‘riqishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, nafas olishning foydasi katta.

Shularni inobatga olib, Google o‘zining qidiruv sahifasiga nafas olish trenajyorini tatbiq etdi. Undan foydalanish uchun odatda qidiruv so‘rovlari kiritiladigan Chrome manzil qatorida ruschalab «glubokoye dixaniye» so‘zlarini kiritib izlash kifoya.

Izlash natijalari sahifasida aks etgan ko‘k rangli shakl ichida maxsus taymer paydo bo‘ladi. Tugmachani bosishingiz bilan och ko‘k fon ichida kattayib-kichrayib turvchi oq doirachani ko‘rasiz. Uning ostida esa nafasni boshqarish uchun yozuvlar chiqib turadi, nafasingizni shunga moslashtirasiz.

Mazkur taymer bir daqiqaga mo‘ljallangan; u tugaganidan so‘ng ishingizni davom ettirishingiz yoki mashqni takrorlashingiz mumkin.

O‘QING: Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!