Google rahbarining hatto 11 yashar o‘g‘li ham kriptovalyuta topyapti!

  •   DiMaX
  •  1070
  •  05.11.2018 13:36

Google rahbarining hatto 11 yashar o‘g‘li ham kriptovalyuta topyapti!

Hozirgi kunda kriptovalyutalar tobora ommalashib borayotgani, ularning qiymati turli o‘zgarishlarga uchrayotganini eshitib qolamiz. Hatto bunday «raqamli pul»larni «qazib oluvchi» maxsus devayslar ham taqdim etilayotir, ulardan birini mashhur futbol yulduzi ham reklama qilyapti.

O‘QING: HTC Exodus 1: ilk kriptovalyutali smartfon namoyish etildi

Yaqinda New York Times tomonidan uyushtirilgan DealBook konferensiyasida Google rahbari qiziq gap aytgan. Sundar Pichai so‘zlariga ko‘ra, uning 11 yoshli o‘g‘li ham kriptovalyuta «qazib olish» – mayning bilan shug‘ullanar ekan. Bolakay oddiy shaxsiy kompyuter yordamida Ethereum – «efir» nomli kriptovalyuta «qazib olayotgani»ni ta’kidlagan.

– O‘tgan hafta o‘g‘lim bilan tushlik ustida suhbatlashayotib, bitkoin haqida gap ochdim. O‘g‘lim esa, undan sal farq qiluvchi efirium haqida gapirayotganimni, o‘zi allaqachon shunaqa kriptovalyuta mayning qilayotganini aytdi, – deydi Pichai.

Google rahbari qo‘shimcha qilishicha, o‘g‘li haqiqiy pullardan ko‘ra kriptovalyutalarni yaxshiroq tushunar ekan. «Shu bois u bilan real pullar, bank tizimi  va ularning ahamiyati haqida suhbatlashdim», – deydi u.

O‘QING: Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!