Google Stadia Pro’da ikki oy bepul o‘ynash mumkin, lekin shoshilmasangiz bo‘lmaydi!

  •   DiMaX
  •  1195
  •  09.04.2020 11:00

Google Stadia Pro’da ikki oy bepul o‘ynash mumkin, lekin shoshilmasangiz bo‘lmaydi!

Butun jahonda koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar turli onlayn servislar orqali masofadan ishlashmoqda. Ishdan bo‘sh odamlar o‘z uylarida qolishlariga o‘yin studiyalari ham hissa qo‘shishmoqda.

O‘QING: Ikkita sarguzasht o‘yinni Google Play’da vaqtincha bepul tarqatishyapti

Qidiruv giganti o‘tgan yili Google Stadia o‘yin striming servisi hamda Stadia Controller kontrollerini namoyish qilgan edi. Hozirgi ommaviy karantin sharoitini hisobga olib, kompaniya aslida pulli bo‘lgan Google Stadia Pro servisini ikki oyga bepul qildi.

Stadia Pro to‘plami narxi oyiga 10 dollarga teng, lekin Google bugundan boshlab ikki oyga bu xizmatini bepul taqdim qilyapti. Ammo shoshilish kerak – mazkur taklif 48 soat mobaynida amal qiladi. Ya’ni, siz shu paytgacha Google Stadia’da ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, mana bu havola orqali shu 48 soat ichida ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingiz shart – o‘shandagina ikki oy bepul o‘ynay olasiz.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Ikki oy bepul qilinayotgan ushbu Stadia Pro to‘plamiga quyidagi to‘qqizta o‘yin kiradi:

  1. Destiny 2: The Collection;
  2. Grid;
  3. Gylt;
  4. SteamWorld Dig 2;
  5. SteamWorld Quest: Hand of Gilgamech;
  6. Serious Sam Collection;
  7. Spitlings;
  8. Stacks on Stacks (on Stacks);
  9. Thumper.

Qolgan o‘yinlarni o‘ynash uchun ularni xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!