Google va Apple koronavirus ilovalariga qarshi kurashmoqda

Google va Apple koronavirus ilovalariga qarshi kurashmoqda

Koronavirus ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan, elektronika ishlab chiqaruvchilarining faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Xitoydagi ko‘pgina kompaniyalar to‘liq quvvat bilan ishlamayapti, ta’minot zanjirida muammolar mavjud, ishlab chiqaruvchilar esa sanoat maydonlaridagi nosozliklar tufayli pul yo‘qotishmoqda. Ammo, virusli pnevmoniyadan foydalanib, pul ishlab olish ilinjidagilar ham topilmoqda.

So‘nggi paytlarda, App Store'da koronavirus bilan bog‘liq ilovalar paydo bo‘lmoqda. Shunday o‘yinlar paydo bo‘ldiki, ular real vaqtda epidemiyani yuqtirib olganlar va o‘lganlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etadi, infeksiyalar qaysi mamlakatlarda aniqlanganligini ko‘rsatib boradi.

Aynan shu kabi dasturlar bilan Apple va Google kurashishga qaror qildi. Ular o‘chiriladi yoki dastur do‘konlarining virtual javonlariga tushmaydi. Bunday dasturlar aholi o‘rtasida vahima qo‘zg‘ashi yoki noto‘g‘ri ma’lumotni targ‘ib qilishi mumkin, deb hisoblanmoqda. Ilovani ishlab chiquvchilar bu mamlakatlarda bemorlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayerdan olishlari ma’lum emas. Shunga qaramay, ba’zi ma’lumotlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, Apple va Google soxta ma’lumotlar bilan kurashmoqda. Barcha statistik ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sog‘liqni saqlash bilan shug‘ullanadigan davlat idoralari va tashkilotlaridan olinishi kerak.

O‘QING: Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.