Google va Inha universiteti AT-mutaxassislarini tayyorlash masalalarini muhokama qildi

  •   DiMaX
  •  720
  •  12.03.2018 17:10

Google va Inha universiteti AT-mutaxassislarini tayyorlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Google korporatsiyasi qo‘shma o‘quv dasturlari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali AT-mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilishdi. Bu xususda universitet sayti xabar bermoqda.

O‘QING: “Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)”da 110 nafarga yaqin qizlar qatnashdi

IUT rektori Sarvar Babaxodjayev Google’ning Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ishlab chiquvchilari bilan ishlash bo‘yicha rahbari Barish Yesugey bilan muzokaralar o‘tkazdi.

2018 yilning 11 mart kuni Barish Yesugey Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi hamda «Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)» tadbirida ishtirok etdi. «Women Techmakers» – bu Google’ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. «Women Techmakers» innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.

Google vakili O‘zbekistondagi eng yosh universitetlardan birida talabalar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

O‘z navbatida, Barish Yesugey O‘zbekistondagi ishlab chiquvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida gapirib berdi. Uning qayd etishicha, korporatsiya bo‘linmalari mintaqadagi ishlab chiqaruvchilarga, jumladan, axborot hamda texnik qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga olgan turli xil yordam ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi asosiy ish «Google Developer Groups (GDG)» deb ataluvchi yo‘nalishda olib boriladi.

O‘QING: Inha universiteti talabalari Huawei’ga ishga joylashishlari mumkin

Ta’kidlash lozimki, taxminan ikki hafta oldin «GDG Tashkent» guruhi tuzilgan edi. Mazkur hamjamiyatning tashkil etilishiga Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbus ko‘rsatishdi. Ushbu guruh O‘zbekistonda AT ta’lim va Googlening yechimlarini rivojlantirish uchun qator tadbirlarni amalga oshiradi. Barish Yesugey o‘zi va uning jamoasi «GDG Tashkent» faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida gapirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar «Google I/O», «Women Techmakers», «DevFest», «Google Launchpad Accelerator» va shu kabi turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali AT sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash hamda qizlarni AT-sohasiga jalb etish masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar ishchi tartibda hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar. Barish Yesugey Toshkent shahridagi Inha universitetining o‘quv binolari bilan tanishdi.

O‘QING: Toshkentda «sun’iy ong» bo‘yicha bolalar uchun Google’ning bepul kursi ochilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.