Google yangi Pixel smartfonlari va boshqa gadjetlari taqdimotiga taklif etmoqda
Ushbu kuzda kutilayotgan yirik taqdimotlardan biri Google anjumanidir. Kompaniya mazkur tadbirning kunini ma’lum qilib, jurnalistlarni unga taklif qila boshladi.
O‘QING: Google’dan Pixel 3 va Pixel 3 XL: anonsi ham ma’lum qilindi
Kompaniya ushbu konferensiyada Pixel 3 hamda Pixel 3 XL smartfonlari, Pixelbook 2 xrombuki hamda Google Assistent tatbiq etilgan smart-displeyni ko‘rsatishi kutilmoqda. Namoyish 9 oktyabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mish-mishlarga qaraganda, kompaniya bulardan tashqari Pixel Buds simsiz quloqchinining ikkinchi avlodini, Google Home turkumidagi yangi smart-kolonkani hamda navbatdagi avlod Chromecast 3 raqamli mediapleyerini ham namoyish etishi mumkin. Smart-soatni esa bu yil kutmasak ham bo‘ladi – bu haqda yaqinda Google rahbari aytib o‘tgan.