Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

  •   Saroy
  •  871
  •  19.07.2018 16:04

Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

Yevrokomissiya Google korporatsiyasini rekord summaga, ya’ni 4,3 mlrd (taxminan 5 mlrd AQSh dollari) yevroga jarimaga tortgani haqda e’lon qildi.  Yevrokomissiyaning fikricha, korporatsiya o‘zining mashhur nomidan hamda qidiruv tizimi va Chrome brauzereni ilgari surish uchun OS Android’ning bozorda yakkahokimligidan g‘irromlik bilan foydalangan. Google korporatsiyasi bu qarorni  noto‘g‘ri qaror deb baholadi. Google korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Sundar Pichai Android’ning ustunlik tomonlarini qayd etar ekan, operatsion tizimni pullik qilib qo‘yish bilan tahdid qildi.

O‘QING:Hammasiga OS Android sabab: Yevrokomissiya Google’ga 5 milliard dollar jarima soldi

Yevrokomissiyaning ta’kidlashicha, o‘rnatilgan ilova (litsenziyaga qo‘shimcha ravishda mukofot tarzda Play Store ilovalar do‘koniga kirish) qurilma ishlab chiqaruvchilar uchun noqonuniy cheklov hisoblanadi. Google’da esa bu borada boshqacha qarashlar mavjud. ya’ni foydalanuvchilar erkin tanlash huquqiga egalar, ushbu ilovalarni qoldiradimi yoki o‘chirib tashlaydimi ixtiyor o‘zlarida.

O‘QING:Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

«Yevrokomissiya ushbu qarori bilan Android’dan minglab telefon ishlab chiqaruvchilar va mobil operatorlari foydalanayotganini e’tibordan qochirgan ko‘rinadi. Ular qancha-qancha Android-gadjetlarni yaratadilar va sotadilar; dunyo bo‘yicha  millionlab ilova dasturchilari o‘z biznesini  Android bilan boshlagan va  milliardlab foydalanuvchilar  yangi Android-smartfonlarni xarid qilish va undan foydalanish imkoniyatiga egalar», — deydi Sundar Pichai.

Ijrochi direktorning so‘zlariga qaraganda, agar ishlab chiqaruvchi  Google xizmatini o‘rnatmasa, kompaniyalar ushbu xizmat orqali mobil reklamalardan foydalana olmaydi. Binobarin, qanday qilib bo‘lsa ham daromad olish kerak ekan, operatsion tizimni o‘zlari pullik qilib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Natijada, bularning barchasi yakunda Android-qurilmalarning narxiga ta’sir qiladi.

O‘QING:Meizu 16 Plus sinovdan o‘tdi

«Agar telefon ishlab chiqaruvchilari va mobil aloqa operatorlari bizning ilovalarimizni o‘zlarining qurilmalariga qo‘sha  olmas ekan, bu Android ekotizimi muvozanatini buzadi. OS’ning hozirgi mavjud biznes-modeli sababli undan foydalangani uchun bizga pul olmoslik imkonini bermoqda. Bizni tashvishga solayotgani bugungi qaror ushbu  Android bilan birga yaratgan muvozanatimizni buzayotganidir. Bu esa ochiq platformalar qolib yopiq tizimlar foydasiga urg‘u berilayotganidan  xavotirli dalolatdir», — deydi Google rahbari.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.