Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2275
  •  08.09.2018 11:12

Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

Qurilmalarning rasmiy taqdimotidan avval suratlari, texnik jihatlari va narxi haqidagi ma’lumotlar internetda tarqalishiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo keyingi paytlarda yangi gadjetlar namoyishdan avval savdoga ham chiqarilayotgani qiziq.

O‘QING: Taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL allaqachon «qora bozor»da sotilyapti! (+«jonli» video va suratlar)

Apple korporatsiyasi bu yilgi bir qator yangi qurilmalarining namoyishini 12 sentyabrdagi tadbiriga belgilaganidan xabardorsiz. Ular qatorida ikkita premial iPhone XS hamda bitta hamyonbop iPhone XC smartfonlari ham bor.

Ammo Ruminiyadagi yirik Quick Mobile do‘koni allaqachon ularni savdoga ham chiqargan va xarid sahifasida ayfonlarning xususiyatlarini ham yozib qo‘ygan. Shu ma’lumotlarning haqiqiyligiga qattiq ishongan bu riteyler ayni damda iPhone Xs, iPhone Xs Max Plus hamda iPhone 9 deb nomlangan modellar uchun oldindan buyurtma ola boshlagan.

Aytib o‘tish kerakki, kuni kecha xitoylik insayderlar tarqatgan ma’lumotlarda ayfonlar boshqacharoq nomlangan edi.

O‘QING: Apple’ning yangi gadjetlari: narx, xususiyat va suratlari taqdimotdan bir hafta avval chiqib ketdi

Quick Mobile onlayn do‘konda iPhone Xs va iPhone Xs Max Plus smartfonlarini doimiy xotirasi 64 GB, 256 GB va 512 GB bo‘lgan modifikatsiyalarda xarid qilish mumkin. Ular OLED-ekran, 4 GB hajmli tezkor xotira, Face ID yuz skaneri, qo‘shaloq asosiy kamera bilan jihozlangan, korpusining romi esa jarrohlik po‘latidan ishlangan.

iPhone 9 deb nomlanayotgan hamyonbop model esa faqat 64 GB hamda 256 GB.lik xotiraga ega variantlarda taklif etilmoqda. Uning tezkor xotirasi hajmi 3 GB.ga teng, Face ID qiyofa skaneriga ega, korpusi esa alyuminiy romli.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, mazkur arzon ayfonning (nomi boshqacha) sifatli olingan «jonli» rasmlari ham chiqqan.

O‘QING: Uchta rangdagi hamyonbop iPhone XC’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Quick Mobile do‘koni saytiga ko‘ra, har uchala rusumdagi ayfonni qora yoki oq rangli korpuslarda olish mumkin. Ularning barchasi Qi standartiga ko‘ra simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega, korpuslarining orqa qopqog‘i esa shishadan ishlangan. Bu yilgi iPhone’larning birortasi ham 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Barcha modellarda 8 yadroli Apple A12 protsessori qo‘llangan.

iPhone Xs modeliga do‘konda 899 AQSh dollari, iPhone Xs Max Plus’ga esa 999 dollar miqdorida narx belgilangan. iPhone 9  esa birmuncha arzon – 749 dollar turadi. Quick Mobile do‘koni buyurtmalarni sentyabrning ikkinchi yarmidan yetkazib bera boshlashini ma’lum qilayotir.

O‘QING: iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.