Hali taqdim etilmagan Microsoft Surface Pro 6 planshetini «jonli» videotavsifda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  343
  •  29.09.2018 15:49

Hali taqdim etilmagan Microsoft Surface Pro 6 planshetini «jonli» videotavsifda ko‘ramiz!

Microsoft kompaniyasi o‘tgan yili Surface Pro nomli gibrid planshetini taqdim etgan, unda qurilmaning avlod raqami bo‘lmagan edi. Kelasi haftada uning navbatdagi avlodi chiqadi; kompaniya uni nomlashda an’anaviy raqamlashga qaytgan.

O‘QING: Microsoft iPad Pro’dan 1,7 marta tezkor Surface Pro’ni taqdim qildi

Microsoft hali rasman taqdim etishga ulgurmagan Surface Pro 6 devaysi allaqachon Vetnamda «qo‘lga tushgan». U bulturgi «ajdod»iga juda o‘xshash, faqat korpusining burchaklari biroz silliqlashtirilgan, xuddi «ixcham» Surface Go modelidagi singari.

Planshet avvalgidek o‘lchamli – 12.3 dyuymlik ekranga ega, uning tasvir aniqligi esa 2736x1824 pikseni tashkil etadi. Surface Pro 6 sakkizinchi avlod Intel Core protsessorlari bazasida ishlaydi. Aynan Vetnamda aniqlangan namunasi esa Core i5-8250U chipiga, 8 gigabaytlik texkor xotiraga hamda 128 gigabaytlik SSD-xotiraga ega talqini ekan.

Mana, quyida uni «jonli» videotavsifda ko‘rish mumkin:

Ko‘rganingizdek, tavsif tay tilida bo‘lsa-da, planshetning asosiy texnik xususiyatlarini tasvirdan anglab olish qiyin emas.

Qizig‘i – Microsoft o‘z planshetining hatto 2018 yilgi modeliga ham zamonaviy USB Type-C portini o‘rnatmagan! Uning korpusida to‘liq o‘lchamli USB hamda Mini DisplayPort, kardrider, mini-djek hamda Surface Connect portlari mavjud. Shulardan oxirgisiga Microsoft’ning o‘zi taqdim etgan USB-C perexodnigini ulash mumkin.

O‘QING: Huawei flagman planshetning arzonlashtirilgan versiyasini namoyish qildi

Mashhur insayder Roland Kvandt o‘z Tvitteri orqali xabar qilishicha, Microsoft ushbu planshetni 2 oktyabr kuni Nyu-York shahrida taqdim etadi:

Insayderlarning yozishlaricha, mazkur tadbirda Surface Pro 6 planshetidan tashqari, yangilangan Surface Laptop 2 noutbuki ham namoyish etiladi. Ularning narxlari esa avvalgi avlod qurilmalari darajasida qolishi aytilayotir.

Darvoqe, ayrim modellardagi planshetlarni Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Apple tarixidagi eng arzon iPad nega "ideal" planshet?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.