Hali taqdim etilmagan Nokia X7 smartfonini ilk rasmiy suratlarda tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  726
  •  15.10.2018 17:03

Hali taqdim etilmagan Nokia X7 smartfonini ilk rasmiy suratlarda tomosha qilamiz!

HMD Global kompaniyasi yaqindagina atigi 150 dollarlik Nokia 3.1 Plus smartfonini rasman namoyish etgan edi. Ertaga – 16 oktyabrga esa u yana bitta taqdimot belgilagan.

O‘QING: Keyingi haftadayoq Nokia X turkumida yana bitta yangi smartfon chiqyapti!

Aftidan, kompaniya endi «kemtik»li ekranga va modullari tikka joylashgan qo‘shaloq kameraga ega Nokia X7 modelini namoyish etsa kerak. Bugun mazkur smartfonning old va orqa tomonlari ko‘rsatilgan ilk rasmiy suratlari tarqaldi.

Nokia X7 dizayni borasida syurpriz kutishga hojat yo‘q: fotosuratlarda uning displeyi keng «o‘yiq» va pastida enli romga ekani ko‘rinib turibdi. Asosiy kamerasi tikka joylashgan qo‘sh ob’yektivga va yorug‘lik-diodli fotochaqnoqqa ega. Pastrog‘ida esa barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Rasmlarga qaraganda, korpusning orqa qopqog‘i shishadan ishlangan, u qizil, kumushrang va moviy tusli variantlarda taqdim etiladi.

Avvalroq mazkur kompaniya ushbu smartfoni haqidagi ma’lumotlarni bilmasdan saytga chiqarib yuborib, so‘ng darrov yashirgan edi.

O‘QING: Nokia kutilmaganda X7 smartfonini namoyish etdi

Afsonaviy brendning Nokia X7 modeli diagonaliga 6,18 dyuymlik suyuq kristalli ekranga (IPS matritsali) ega, uning tasvir aniqligi esa 2246x1080 pikselli (Full HD+ formatida). Nokia X7 modeliga Snapdragon 710 chipseti o‘rnatilgan, u tezkor va doimiy xotirasi 4/64 hamda 6/128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Bulardan tashqari mazkur gadjetga microSD formatli xotira kartasi ham tushadi. Asosiy kamerasi 13 + 12 megapikselli, selfi-kamerasi esa 20 megapikselli datchiklarni o‘z ichiga oladi. Akkumulyatorining tok sig‘imi 3400 mA/soat bo‘lishi va 390 dollarga baholanishi aytilmoqda.

Ehtimol, Nokia yaqinda adashib maqtanib yuborgan smartfon shu bo‘lsa kerak...

O‘QING: Nokia bilmasdan yangi – «megadispley»li smartfonini ko‘rsatib maqtandi (+rasmiy video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!