Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 8 Youth’ni ham allaqachon sotib olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1328
  •  13.09.2018 15:58

Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 8 Youth’ni ham allaqachon sotib olish mumkin!

Xiaomi yoshlarbop Mi 8 Youth smartfonining taqdimot sanasini ma’lum qilgan. Hali rasman namoyish etilmagan bo‘lsa-da, bu qurilma uchun Xitoydagi bir qator do‘konlar oldindan buyurtma ola boshladi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi yoshlarbop Mi 8 Youth flagmanining taqdimot kunini aytdi

Xiaomi Mi 8 Youth modeli uchun «osmon osti saltanati»dagi bir nechta onlayn va oflayn-riteylerlar orqali buyurtma berish mumkin. Ular orasida Xiaomi Mall, Jingdong, Tmall, Xiaomi Youpin, Suning Tesco va Vipshop kabilar mavjud. Do‘konlarda uning narxi esa 290 AQSh dollari atrofida.

Aytib o‘tish kerakki, aynan Mi 8 Youth modelining taqdimot sanasida «xitoycha Apple»ning asosiy raqibi ham yangi «salkam flagman»ini namoyish etmoqchi. Ushbu ikki smartfonsoz – Xiaomi hamda Meizu kompaniyalarining ayrim rusumlardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimiz orqali bir yillik kafolat bilan onlayn xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Meizu 16x asosiy raqibi – Mi 8 Youth bilan bir kunda maydonga tushadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!