Hammasiga OS Android sabab: Yevrokomissiya Google’ga 5 milliard dollar jarima soldi

  •   Saroy
  •  711
  •  19.07.2018 12:54

Hammasiga  OS Android sabab: Yevrokomissiya Google’ga 5 milliard dollar jarima soldi

Yevropa komissiyasi (YeK) Google’ni yana bir bor jarimaga tortishga qaror qildi. Qaror monopoliyaga qarshi tekshiruv doirasida qabul qilingan bo‘lib, naq  4,3 mlrd (taxminan 5 mlrd dollar) yevroni tashkil etadi. Bu, kompaniyalar tarixida Yevropa Ittifoqi monopoliyaga qarshi kurashuvchi tuzilmalariga to‘langan jarimalarning eng yirigi hisoblanadi.

Tekshiruv Android opiratsion tizim va uning mobil qurilmalari uchun OS bozoridagi  «yakkahokimligi» sabab o‘tkazilgan. Raqobat masalalari bo‘yicha Yevrokomissiyaning komissari Margret Vestager (Margrethe Vestager)ning so‘zlariga qaraganda, Google noqonuniy ravishda smartfon ishlab chiqaruvchilarni Android’da cheklab qo‘ygan va ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat qoidalarini buzgan, eng yomoni bu holat uzoq vaqt mobaynida, yani 2011 yildan buyon hukm surgan.

O‘QING:Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

Birinchidan, korporatsiya ishlab chiqaruvchilardan Android’da ishlaydigan barcha qurilmalariga Google Search va  Chrome brauzer qidiruv tizimini o‘rnatish uchun Play Store ilovalar do‘koniga kirishga litsenziya olishni talab qilgan. Ikkinchidan, korporatsiya ayrim yirik qurilma ishlab chiqaruvchilari hamda mobil operatorlariga Google Search va brauzer Chrome’ni o‘rnatgani uchun pul to‘lagan. Uchinchidan,  Androidning muqobil versiyalarini foydalanishni  taqiqlagan. Masalan, bu   Amazon tomonidan yaratilgan Fire OS’ga tegishli.

Endi, jarimadan tashqari Google 90 kun mobaynida to‘g‘ri yo‘lga tushib olishi va noqonuniy amaliyotlarga chek qo‘yishi kerak. Ushbu talablar bajarilmasa, yana  yangi ayblovlar va jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

Google hozircha barcha ayblovlarni inkor etmoqda va komissiya qarori ustidan sudga murojaat qilishga hozirlik ko‘rmoqda. «Android tanlash uchun katta imkoniyatlar berdi. jo‘shqin ekotizim, jadal innovatsiya va eng past narxlarni taqdim etdi — bularning barchasi ishonchli raqobat belgilaridir», — deya bayonot berdi kompaniya rahbariyati.

O‘QING:Qarshi oling: Firefox Rocket – «reaktiv» Android-brauzer!

Strategy Analytics kompaniyasi tadqiqotchilarining hisob-kitobicha, dunyodagi ishlab chiqarilgan barcha smartfonlarning 80 foizi Android’da ishlar ekan.

Yevrokomissiya Google faoliyati bilan qiziqib qolib,  2013 yilda FairSearch shikoyati tufayli tekshiruvni boshlagan. Keyinchalik esa  Nokia, Microsoft va Oracle kabi yirik kompaniyalar ham Google korporatsiyasi faoliyatini keskin qoralab chiqdi. Yevrokomissiya o‘tgan yili ham Google’ni qidiruv tizimi bozorida liderlik mavqeyini suiste’mol qilayotganlikda ayblab, jarimaga tortgan edi. To‘g‘ri, o‘shanda jarima “kamtarona” bo‘lgan, ya’ni atigi 2,4 milliard yevro.

O‘QING:Google Chrome eSpectr’dan himoyalandi, lekin xotira iste’moli ortdi