Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

  •   DiMaX
  •  7001
  •  27.04.2020 08:37

Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

Samsung hali yaqindagina Galaxy A21 smartfonini taqdim etgan edi, endi esa uning yanada yaxshilangan versiyasini tayyorlabdi. Bu – Galaxy A21s modeli bo‘lib, avvalroq uning Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani haqida yozgandik.

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

Galaxy A21s bozorga hali to‘rt oylardan so‘ng chiqishini aytishmoqda, shungacha Samsung uni ancha takomillashtiradi. Galaxy A21 modelida 4000 mA/soatlik batareya qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan smartfon ancha «beli baquvvat» – naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega.

Galaxy A21 kvadrokamerasida asosiy modul 16 megapiksellik bo‘lsa, uning S-versiyasida bosh kamera endi 48 megapiksellik asosiy sensorga ega. Shuningdek, uning IPS-matritsali displeyi diagonaliga 6,55 dyuymlik bo‘lib, HD+ formatida tasvir uzata oladi.

Kutilayotgan devaysning tezkor xotirasi 3 gigabaytlik, doimiysi esa 64 gigabaytlik bo‘lishini aytishmoqda. Yana u kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipiga hamda Micro-USB portiga ham ega, lekin narxi borasida hozircha birorta taxmin ham yo‘q.

O‘QING: Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!